Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Download 0.5 Mb.
bet10/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

1. Oraliq maqsad- talab va taklif nisbati, foiz stavkalari va pul massasining o‘sishini mutanosiblashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutiladi.
2. Pirovard maqsad- milliy daromadni o‘stirish, axolining bandlilik darajasini taʼminlash, inflatsiyani pasaytirish v.b. hisoblanadi.
Oraliq maqsad esa pul-kredit va moliya soxasidagi talab va taklif o‘rtasidagi mos keladigan nisbatni tartibga solish mo‘ljali sifatida xizmat qiladi.
Pirovard (strategik) maqsad pul-kredit siyosatini ishlab chiqarishga taʼsir etish darajasini aniqlaydi.
Umuman olganda davlat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solish quydagi maqsadlarga bog‘liq:
  • ishlab chiqarish va bandlilik o‘rtasidagi tebranishni tekkislash;


  • bahoni barqarorlashtirish (xech bo‘lmaganda inflatsiya darajasini pasaytirish);


  • milliy daromatni o‘stirish;


  • to‘lov balansini yaxshilash (ichki va tashqi qarzlarni qisqartirish);


  • davlat byudjeti kamomadini pasaytirish.


Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirishda davlat tomonidan amalga oshiraladigan chora tadbirlarga quyidagi kiradi:


1. Kredit yekspansiyasi (tijorat banklar tomonidan beriladigan kredit resurslarning foiz stavkasini pasaytirish yo‘li bilan ssuda kapitalining taklifini oshirish).
2. Davlat manfaatdor bo‘lgan tarmoqlarni byudjet resurslari hisobidan kreditlash.
3. Davlat manfaatdor bo‘lgan karzdor tarmoqlarni to‘lov qobiliyatini kafolatlash.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunida davlat tomonidan investisiya faoliyatini tartibga solishning quydagi choralari belgilangan:
- investitsiya faoliyatining Qonunchilik negizini takomillashtirish;
- soliq to‘lovchilar va soliq solish obʼektlarining, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarini tabakalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash;
- asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
- monopoliyaga karshi choralarni qo‘llash:
- investitsiya loyihalarining ekspertiza qilish myexanizmini takomillashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringini yuritish.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling