Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishsanoat makonlari.
- Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari.
Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o‘ziga xos belgilari shundan iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga yega bo‘lgan magistral yo‘llar kesishgan joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida tashkil etiladi. Ularda bojxona to‘lovlari va tranzit yig‘imlari minimal darajada bo‘lishi shart.
Ishlab chiqarishsanoat makonlari. Mazkur makonni tashkil etishdan asosiy maqsad xorijiy bozorlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘lib, davlatning iqtisodiy salohiyatini tayyor mahsulotlar orqali reklama va targ‘ibot qilishdir. Natijada, mamlakatga Chet el investorlarining qo‘shimcha sarfxarajatlarsiz kirib kelishi uchun ruhiy taʼsir ko‘rsatish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari. Ushbu makonlar tarkibiga tashqi bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan «Texnopolis” makonlari kiradi. Xizmat ko‘rsatish (servis) makonlari. Ushbu makon shaklining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliyabank markazlari, sug‘urta bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliyabank xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqorisalohiyatga yega xorijiy investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir. Muayyan ustavga yega bo‘lgan erkin iqtisodiy makonlarning keng tarqalishi o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan. 1959 yilda Irlandiyaning SHyenon shahri shunday erkin iqtisodiy makonga aylantirilgan. Irlandiya hukumati SHyenon xalqaro aeroportiga asosiy etiborni qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik makonini tarkib toptirishga rasmiy ruxsat berdi. SHundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil xo‘jalik yuritish va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin iqtisodiy makonlar tarkib topa boshladi. Hozirgi paytda erkin iqtisodiy makonlarning aksariyati Amerika va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy makonlarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi avvalo undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, maʼmuriy boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liyedir. Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy makon turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Yevropa davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortish-tushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab erkin savdo makonlari tashkil etishgan. Erkin aeroport makonlari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliya-bank markazlari va Offshor makonlar SHveysariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. AQSH va YAponiyada «Texnopolislar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda keskin yuksalish pallasi boshlandi. Dunyodagi eng katta «Texnopolis AQSHdagi erkin iqtisodiy makonda joylashgan bo‘lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu makonda tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizasiya qilinmokda. 2007 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning 70 foizdan ortig‘i ishlab chiqarish obʼektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo‘naltirildi. ¤злаштирилган xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortdi. Ularning 76 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir.Investitsiya dasturi doirasida o‘tgan yili 300 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi nihoyasiga yetkazildi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ziyod yangi korxona barpo etildi. qo‘shma korxonalar birinchi galda yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlarda - engil, oziq-ovqat, yelektrotexnika, kimyo va neftkimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatida, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida tashkil etilayotgani etiborga loyiqdir. Hozirgi kunda respublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va ularning eksport hajmidagi ulushi o‘tgan yili 60 foizni tashkil yetdi.Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb yetdi.Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qayerda imtiyoz, qayerda sharoit bo‘lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo‘lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. 2009 yil 11 mart kuni Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etishning huquqiy асослари» mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda deputatlar, senatorlar, Navoiy viloyati faollari hamda manfaatdor vazirlik, idoralarning rahbarlari va mutaxassislar ishtirok yetdilar.Uni qo‘mita raisi A.Ahadov olib bordi. Seminarda Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etishning huquqiy asoslari hamda ularning ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan tashkiliy chora-tadbirlar xususida fikr almashildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati hamda uni bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Ushbu Farmonda erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda raqobatbardosh va xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan, zamonaviy, ilg‘or va yuqori unumli texnologiyalarni tashkil etish va joriy qilish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat yetib belgilanganligi yeʼtirof etildi. SHu bilan birga Farmonda belgilangan erkin zona faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O‘zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo‘lish va chiqib ketishning, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etilishi masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 1-o‘qishda konseptual jihatdan maʼqullangan O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida muhokama va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatishining normativ hujjatlarini tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarni tahlil qildilar va ularni mukammallashtirish bo‘yicha bahs-munozalar bo‘lib o‘tdi. Anjumanda erkin industrial-iqtisodiy zonaning tashkil etilishi nafaqat Navoiy viloyatining, balki butun Zarafshon vohasining ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik, tashkiliy-boshqaruv salohiyatlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Anjuman ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi. O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini namoyon etishda ulkan sanoat markazi hisoblangan Navoiy viloyatining munosib hissasi bor. Viloyatda har yili oltin, paxta xom ashyosi, bug‘doy, qorako‘l teri, kimyoviy o‘g‘itlar, sement, uran, volfram, fosforit, sunʼiy tola va boshqa xalq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilayotganligi va Yevropa hamda Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinayotganligi mustaqil mamlakatimizning cheksiz imkoniyatlaridan bir qismidir. Bundan tashqari, muhim noruda xom ashyolaridan hisoblangan kvars konlari, kimyo sanoatida keng foydalaniladigan bentonit tuproqlari, keramika, olovga bardoshli kaolinli xom ashyolar, bugungi kunda nafaqat mustaqil diyorimizda foydalanilayotgan, balki xorij davlatlariga eksport qilinadigan marmar va granit konlari, vollostinit, slanets, fero‘za, to‘z, ohaktosh, tabiiy pigmentlar va boshqa o‘nlab turdagi zaxiralar mavjud. Muruntov, Dauvgiztog‘, Kukpatas, Amontovtog‘ kabi oltin va fosforit konlari Qizilqum kengliklarining maʼdanga boy diyor ekanligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni aynan ana shu voha zaminining bitmas-tuganmas tabiiy boyliklarini nazarda tutib, jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda raqobatbardosh va xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan, zamonaviy va yuqori unumli texnologiyalarni joriy qilish uchun xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda pulli xizmat va servis sohasini rivojlantirishdan iborat bo‘lgan ulkan maqsadni ko‘zlab qabul qilingan muhim va tarixiy hujjatdir. Xalqaro tajribada erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishdan nafaqat sarmoyalarni jalb etish usuli, balki hududiy iqtisodiy siyosat vositasi sifatida foydalaniladi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlar qoida tariqasida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishdan sarmoyalarni jalb qilish maqsadida foydalansa, rivojlangan davlatlar rivojlanishi past bo‘lgan hududlarni rag‘batlantirish va ularning iqtisodiy darajasini birxillashtirish muammolarini hal qilish uchun foydalanadilar. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning muhim maqsadlaridan yana biri iqtisodiyotning maʼlum sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iboratdir. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada erkin iqtisodiy zonalar o‘tgan asrning 80-yillarida depressiv tumanlarda kichik va o‘rta biznesni jonlantirish uchun tashkil etilgan. — «Navoiy” erkin sanoat-iqtisodiy hududini tashkil qilishning asoslari «Erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda bu hududning katta investitsion salohiyati, yuqori va mintaqaviy sanoat markazi ekanligida, — deydi Navoiy viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i Naim Niyozov. — Shuningdek, Navoiy shahri muhim transport yo‘llarida, yaʼni havo koridorlari, Xalqaro transport yo‘lida joylashganligi ham asos bo‘ldi. Navoiy aeroporti Xalqaro aeroport maqomini olib, logistika markazi tashkil etildi. Hozirning o‘zida Koreya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari tadbirkorlari investitsiya kiritish istagini bildirmoqda. Erkin sanoat-iqtisodiy hududning ishlab chiqarish imkoniyatlari nihoyatda keng. YAʼni, mashinasozlik, yelektrotexnika, farmatsevtika, telekommunikatsiya, qurilish, kimyo sanoati, plastik mahsulotlar, tayyor kiyimlar, terini qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, mebel, parfyumeriya sanoatini rivojlantirishga to‘la imkoniyat bor. Investorlarni tanlashda esa kerakli va zarur eksportbop mahsulotlarni, shuningdek, yekologik toza hudud talablariga mos ishlab chiqarish inshootlariga alohida etibor qaratiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan investitsiyalar yer solig‘i, foyda, mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliqlaridan, yagona soliq to‘lovidan, respublika yo‘l va maktab fondlariga majburiy to‘lovlardan belgilangan yillarga ozod qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun olib kelinayotgan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, butlash qismlari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinishi ham Farmonda belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 27 yanvardagi 21-qaroriga asosan boshqaruv xodimlarining dastlabki soni besh nafar bo‘lgan «Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona direksiyasi tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. “Navoiy” EIIZni joylashtirish uchun viloyatning Karmana tumani, Malikrabot qo‘rg‘oni hududidagi «Do‘stlik” agrofirmasidan 564 гектар yer ajratildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Zarafshon qurilish boshqarmasi quruvchilari maʼmuriy bino va boshqa inshootlar bunyod etish uchun ajratilgan yer atrofini o‘rash ishlarini amalga oshirmoqda. Bu muhim qurilish ishlariga ayni paytda boshqarmaning eng ilg‘or qurilish-montaj bo‘linmalaridan tajribali va malakali mutaxassislar jalb qilingan, 127ta texnika vositasi ishlayapti. Bu ishlab chiqarish hududida temir yo‘l terminali, xizmat ko‘rsatish, maʼmuriy-moliyaviy hudud, jamoat joylari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l joylashishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Malikrabot qo‘rg‘oni hududidan 120 гектар yer esa Koreyaning «Korean ейр» kompaniyasiga 50 xo‘jalikka mo‘ljallangan zamonaviy uy-joy massivi qurish uchun ajratildi. Massivda zamonaviy va eng ilg‘or kommunikatsiya tarmog‘i ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Bu kichik shaharcha oktabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Koreyalik tadbirkorlar tomonidan 598 million AQSH dollarilik, shu jumladan, 346 million AQSH dollarilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga jami 37ta loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Buning natijasida 775 million AQSH dollarilik mahsulotlar ishlab chiqarilib, shundan 597 million AQSH dollariga to‘g‘ri keladigani eksport qilinadi va dastlabki bosqichda 5000dan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratiladi. Mazkur erkin iqtisodiy-industrial hududda yelektr yenergiyani tejaydigan lampalar, LCD monitorlari, telefon apparatlari, optik tolali kabellar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Navoiy bugun ulkan imkoniyatlar va yezgu maqsadlar chorrahasida. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling