Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Ishlab chiqarish to‘lovlari
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xedjirlashtirish, sug‘urta va savollar.
Ishlab chiqarish to‘lovlari. Bu usul kreditning asosiy summasi uchun kreditorlar tomonidan loyihaning kelgusidagi ishlab chiqarishining maʼlum qismini sotib olishini anglatadi. Bu usulning xarid haqidagi forvard kelishuvdan farqi shundaki, kelgusidagi to‘lovlar oqimi oldindan aniq qarzni o‘zish jadvaliga yemas, balki haqiqiy ishlab chiqarishga bog‘liq. Odatda bu usul tog‘-kon qazilmalarini ishlashda qo‘llaniladi, kreditorlar qazilmalarda ulushga yega bo‘lganlari uchun ishlab chiqarish to‘lovlari odatda taʼminlangan. Ishlab chiqarish boshlanganda, xaridor-kreditor har bir davrda umumiy ishlab chiqarishdan oldindan kelishilgan ulush bo‘yicha o‘z foyda ulushini oladi.
Xedjirlashtirish, sug‘urta va savollar. Bu usul va myexanizmlar loyiha ishtirokchilari tomonidan risk ulushini butunlay nazorat qilish uchun qo‘llaniladi. Har bir usulning o‘z xarajatlari bo‘lib, ular risk/foyda nisbatida kiritilishi kerak. Riskni boshqarishda asosiy vazifa - amaldagi bozor konʼyunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishda asosiy yo‘llar quyidagilar: riskni ajratish; riskni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash; moddiy taʼminotni olish (garov); moliyaviy taʼminotni olish (kafolat yoki kafillik); riskni kredit bo‘yicha yuqori foiz stavkasiga ko‘chirish; riskni venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish; sug‘urtalash. Bular riskni boshqarish bo‘yicha quyidagi ish yo‘nalishlarini talab qiladi: har bir mijoz bo‘yicha doimiy monitoringni olib borish; maʼlum bir mijozning asosiy xo‘jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringi; kafolatni jalb qilish va tahlil etish; risk uchun kompensasiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish). Riskni ajratish bosqichida kredit summasi investitsiya loyihasining haqiqiy qiymati qo‘shuv zaruriy rezervlarni shakllantirish xarajatlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Bular loyihaning xarakteri va uni amalga oshish muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Riskni minimallashtirish bahonasida kredit summasini kamaytirish, loyiha to‘liq moliyalashtirilmasligi yoki uni oxirgi bosqichda amalga oshmay qolish xatari tufayli risklar ko‘payadi. Bu aytilganlar kredit muddatini tanlashga ham tegishli. Kreditning o‘zoqroq muddati uning riskini oshiradi, lekin kredit muddatini sunʼiy kamaytirish qarzdor uchun salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin, uni o‘ta riskli va hatto xato xo‘jalik qarorlarini qabul qilishiga majbur qilishi, natijada esa qarzdorning ham bankning ham umumiy risklari oshishi mumkin. Yuqori foiz stavkasi risklarni boshqarishning asosiy vositalaridan biridir. Lekin jahon tajribasi ko‘rsatishicha, banklarning kichik biznes korxonalari bilan aloqasida, risklarni boshqarishda bu vosita kam samara beradi. Agar bunday holda davlat tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning rivojlangan myexanizmi va banklararo kuchli raqobat mavjud bo‘lsa, riskni kompensasiyalash omili sifatida yuqori foiz stavkasini amalda ko‘llab bo‘lmaydi. Risklarni ajratish deganda moliyalashtirish manbalarining harakatidagi og‘irlikni qarzdorning o‘zi bilan birgalikda boshqa bir necha investorlar o‘rtasida bo‘linishi tushuniladi. Yirik qarzdorlarning loyihalarini moliyalashtirishda bu tabiiy, bu amaliyot kichik tadbirkorlik doirasidagi tadbirkorlar uchun keng tarqalmagan. Bu shu bilan bog‘liqki, so‘ralayotgan kreditning chegaralangan summasida investorlar o‘rtasida risklarni taqsimlanishi va nazorati bo‘yicha operasion xarajatlar bank kreditlash riskini kamaytirishga qilinadigan iqtisodni oshirishi mumkin. Investitsion kreditlashda risklarni taqsimlash shakllaridan biri kredit bo‘yicha kafolatni jalb qilishdir. Odatda, bu loyiha qiymatining taxminan 50%idan 2/3 qismigacha va kredit qiymatining 75-80%ini qamrab oladi. Riskni taqsimlash shakllaridan biri bo‘lgan riskni bo‘linishi kichik tadbirkorlik sferasiga yo‘naltirilayotgan kredit resurslari uchun ayniqsa xarakterli bo‘lib, bunda resurslar bevosita qarzdorlarga yemas, balki kichik biznes yehtiyojlari uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqilgan yo‘nalishlar, kadrlar va boshqalarga yega bo‘lgan oraliq moliyaviy institutlarga yo‘naltiriladi. Bunday institutlarga kichik korxonalarning kredit birlashmalari, kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy fondlari, tadbirkorlik subʼektlariga maʼlum xizmat turlarini ko‘rsatuvchi lizing kompaniyalari kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling