Investitsiya fanidan


Download 14.57 Kb.
bet1/4
Sana17.11.2023
Hajmi14.57 Kb.
#1783060
  1   2   3   4
Bog'liq
slayd


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
INVESTITSIYA FANIDAN
ТАQDIMOT
Mavzu: Birlashgan Arab Amirliklari investitsion siyosati.
Bajardi: MMT 93/2-guruh talabasi Otaqulov S.
Qabul qildi: katta o’qituvchi: Shovkatov N.
Toshkent-2023 yil
Mavzu: Birlashgan Arab Amirliklari investitsion siyosati.

Reja: 

  • B.A.A. haqida ma’lumotlar.
  • B.A.A.ning investitsion siyosati.
  • Amirlikning ichki va tashqi investitsiya salohiyati.
  • Mamlakatdagi E.I.Z.lar





1. B.A.A. haqida ma’lumotlar.
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA; arabcha: اَلْإِمَارَات الْعَرَبِيَة الْمُتَحِدَة ) – Gʻarbiy Osiyodagi (Yaqin Sharqdagi) davlat. U Arabiston yarim orolining sharqiy uchida joylashgan va Ummon va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh, Fors ko'rfazida Qatar va Eron bilan dengiz chegarasiga ega. Abu-Dabi mamlakatning poytaxti, eng ko'p aholisi bo'lgan Dubay esa xalqaro markaz hisoblanadi. BMT aʼzosi. Davlatni boshqarish shakli mutloq monarxiya. Maydon 82,880 km². Milliy pul birligi — dirham (AED). Rasmiy din — islom. Musulmonlar — 96 %, boshqalar — 4%.
BAA YaIMning oʻsishi 2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 %. BAA iqtisodiy oʻsishi 2010-yilda 3,2 %, uning katta qismi neft boʻlmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1 % kutilmoqda — deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri. YaIMning oʻsishida 71 % neftsiz maxsulotlarga toʻgʻri keladi, 2008-yilda bu koʻrsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan bin Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEC va WTO. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSH 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xoʻjaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat koʻrsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %.
Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, toʻqimachilik.
Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq.
Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5 %, Janubiy Koreya 10,9 %, Hindiston 10,7 %, Eron 7,5 %, Tayland 6,1 %.
Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat.

Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling