Investitsiyalarni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini

 
Investitsiya muhiti - mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga 
kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-
sharoitlar majmuasi tushuniladi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va 
uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab 
etadi. Investor tomonidan ma’lum bir davlatga investitsiya qilishning qulay va 
noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, o’z kapitalini kiritmoqchi 
bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat 
beriladi. Chunki bu omillar mamlakatning ijtimoiy holati, boshqaruvini, salohiyatini 
ko’rsatadi. Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida 
investitsiya riski aniqlanadi. Qulay investitsiya muhitini yaratishning muhim 
jihatlaridan biri huquqiy-me’yoriy baza bo‘lib, u har bir salohiyatli investorning mulkiy 
manfaatlarini himoyalashi, kafolatlashi va shuningdek, mamlakatdagi mavjud 
investitsiya mexanizmining tushunarli va aniq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Sodda qilib 
aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin 
14
Vaxabov A. V, Xajibakiyev X. SH, Muminov I. G. “Xorijiy investitsiyalar” o’quv qo’llanma, T:”Moliya”- 2010-
153 b 
15
G’ozibekov D. G’, Qoraliyev T. M “Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish” T: 
TMI 1993-46 b 


29 
bo‘lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‘zida aks ettirgan voqelikdir. 
Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zahiralari, ishchi 
kuchi malakasi va o‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor 
sig'imi, tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, valyuta siyosati, kredit tizimi 
holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning 
rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-
sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali belgilanadi.
Investitsiya muhitini yaxshilashda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir: 

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda qonun va me’yoriy 
hujjatlarni takomillashtirish; 

mamlakat va korxonalar darajasidagi kadrlar salohiyatini oshirish;

ichki bozorda o’z faoliyatini olib borayotgan milliy korxonalarni aniq 
axborot bilan ta’minlanishini yaxshilash;

mamlakatdagi rivojlanish darajasi pastroq bo’lgan mintaqalarga moliyaviy 
mablag’lar ajratish;

yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va faoliyat yuritayotgan xo’jalik 
subyektlarini legallashtirish; 

O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni baholash maqsadida 
investitsion agentliklarni tashkil etish. 
Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning 
maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, 
huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi 
xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiyaviy jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki 
alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish 
istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy 
jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki 
guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. U muayyan hududga 
investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan 
shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. 


30 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling