Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
2. 1. 1 -rasm. YaIMning o’sishiga iqtisodiyotning alohida tarmoqlari
qo’shgan hissasi dinamikasi (foizda) 20 2016 yilda YaIM o`sishi xizmatlar evaziga ta’minlandi. Xizmatlar sohasi 2015 yilda 53,2%ni, 2016 yilda esa 57,2%ni tashkil qildi. So`nggi 4 yil mobaynida xizmatlar va servis sohasining jadal yuqori o`sish sur’atlari (o`rtacha o`sish sur’ati 114%) ushbu sohaning YaIMdagi ulushini 2013 yildagi 48,6%dan 2016 yilda 49,5%gacha o`sishini ta’minladi. Natijada, bu sohaning YaIM o`sishidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Sanoatning (qurilish bilan birga) hissasi 2015 yilda 31,0%ni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatgich 2016 yilda bir muncha past 27,7%ni tashkil qildi. SHu bilan birga, avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar qisqarib, bu sanoat (qurilish bilan birga) o`sish sur’atining 2014 yildagi 107,9%dan 2016 yilda 106,6%gacha pasayishi olib keldi. Qishloq xo`jaligining hissasi 15,3% (15,7%)ni tashkil etdi. Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, jahonda investitsiyalar uchun qat’iy raqobatli kurash izchil davom etmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, respublika iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishini ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o’tkazish, mablag’larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi ustuvor yo’nalishlarda hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan 20 Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 42 bog’liq yo’nalishlarda mujassam qilish respublikada o’tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyilidir. Mamlakatimizda faol investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida, mamlakatimizda olib borilayotgan faol investitsiya siyosati va yaratilgan qulay investitsiya muhitini sharoitlari natijasida iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Iqtisodiyotga 16,6 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiya yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko’p investitsiyalar yo’naltirildi. O’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o’sdi va 3,7 mlrd dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 mlrd dollar bo’lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi. 21 Faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi tufayli 2016 yilda 49,5 trln.so`m miqdoridagi kapital qo`yilmalar o`zlashtirildi. Jalb etilgan investitsiyalarning 67,2%i ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yo`naltirildi. 14,6 3 15,8 3,3 16,6 3,7 0 2 4 6 8 10 12 14 16 18 2014 2015 2016 Jami investitsiyalar Xorijiy investitsiyalar Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling