Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lov


Download 1.49 Mb.
bet17/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

5-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lov
17. Tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazganlik uchun Markaz tomonidan to‘lov undiriladi va u Markazning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Davlat buyurtmachisi (ariza beruvchi) tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilgan, rad etilgan yoki bekor qilingan taqdirda, Markaz hisob raqamiga tushgan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
18. Ariza beruvchi tomonidan kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi rad etilgan (e’tiroz bilan qaytarilgan) tender hujjatlarini yoki texnik topshiriq olti oy ichida qayta kompleks ekspertizaga kiritilganda to‘lov undirilmaydi.
Bunda, ariza beruvchi tomonidan dastlabki kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi rad etilgan (e’tiroz bilan qaytarilgan) tender hujjatlarini yoki texnik topshiriqni olti oy ichida qayta kiritilayotganligi taqdim etilgan arizada ko‘rsatiladi.
19. Dastlabki e’tiroz berilgan xulosa taqdim etilgan kundan olti oy muddat o‘tgandan so‘ng, tender hujjatlari va texnik topshiriqlar yangi hujjat sifatida ko‘rib chiqiladi.
20. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va ta’mirlash bo‘yicha tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridining texnik topshiriqlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov qurilish va ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
6-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish muddatlari
21. Markaz:
mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi va xulosani QR kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi.
mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 20 kalendar kun ichida texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazadi, xulosani QR kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi.
Markazning ijobiy xulosasi Markazning elektron axborot platformasi orqali avtomatik ravishda portalga jo‘natiladi (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno).
22. Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon Markazning ijobiy xulosasi olingandan keyin portalda joylashtiriladi.
23. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ekspertizaga tegishli ma’lumotlar (izoh va xulosalar) Markazning elektron axborot platformasi orqali ariza beruvchiga yuboriladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling