Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Tender hujjatlari va texnik topshiriqning ekspertiza predmeti


Download 1.49 Mb.
bet15/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

2-bob. Tender hujjatlari va texnik topshiriqning ekspertiza predmeti
5. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriq quyidagilar yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi:
mazkur Nizom talablariga muvofiqligi;
davlat xaridini amalga oshirishning asoslanganligi;
nomlanishlar va atamalarni yagona shaklda qo‘llash hamda ularning turli ma’nolarda talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tender ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi (litsenziya, ish tajribasining mavjudligi, moliyaviy holati, texnik jihozlanganlik, davlat xaridlarining aniq obyektiga qarab boshqa malaka talablari);
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narx qismlarini baholash mezonlarining xolisligi va asoslantirilganligi;
boshlang‘ich narxning o‘rtacha bozor konyunkturasiga mosligi;
tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritishda ijobiy xulosa berishni rad etish sabablari bartaraf qilinganligi.
Xarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan o‘tkazish davomida ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga aniqlik kiritish maqsadida ariza beruvchidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralishi mumkin.
3-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
6. Tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun davlat buyurtmachisi (ariza beruvchi) Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bundan mustasno) taqdim etadi:
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
tender hujjatlari (barcha ilovalari bilan birga) hamda davlat buyurtmachisining muhri va vakolatli shaxs imzosi yoki QR kod bilan tasdiqlangan texnik topshiriq;
portalda va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish uchun tender o‘tkazish haqidagi e’lonning to‘liq matni;
tender hujjatlarini ishlab chiqish davrida amalda bo‘lgan tijorat taklifi, birja kotirovkasi, prays-varaqlar va boshqalar, shuningdek narxlarning taqqoslama jadvali ko‘rinishida narx shakllanishiga asos bo‘luvchi tasdiqlovchi hujjatlar (bunda taqdim etilgan barcha takliflarda ushbu takliflarni bildirgan subyektlarning yuridik manzillari va aloqa rekvizitlari bo‘lishi hamda davlat buyurtmachisining imzosi va muhri yoki QR kod bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
vakolatli tashkilotlarning xulosalari, agar qonunchilikda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari uchun ularni olish talabi nazarda tutilgan bo‘lsa;
tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish zarurligi bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlar.
7. Texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish uchun davlat buyurtmachisi (ariza beruvchi) Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno) taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
davlat buyurtmachisining muhri va vakolatli shaxsi imzosi yoki QR kod bilan tasdiqlangan (barcha ilovalari bilan birga) texnik topshiriq;
texnik topshiriqni ishlab chiqish davrida amalda bo‘lgan tijorat taklifi, birja kotirovkasi, prays-varaqlar va boshqalar, shuningdek narxlarning taqqoslama jadvali ko‘rinishida narx shakllanishiga asos bo‘luvchi tasdiqlovchi hujjatlar (bunda taqdim etilgan barcha takliflarda ushbu takliflarni bildirgan subyektlarning yuridik manzillari va aloqa rekvizitlari bo‘lishi hamda davlat buyurtmachisining imzosi va muhri yoki QR kod bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
vakolatli tashkilotlarning xulosalari, agar qonunchilikda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari uchun ularni olish talabi nazarda tutilgan bo‘lsa;
texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish zarurligi bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlar.
8. Har bir tender hujjati yoki har bir texnik topshiriq, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin Markazga alohida arizalar orqali taqdim etiladi.
Shu bilan birga, tenderning har bir loti yoki texnik topshiriq bir xil turdagi tovarlardan, foydalanish maqsadlari, ularning vazifalari va texnik xususiyatlariga qarab shakllantiriladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling