Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqtirmaslik xatosi
Hayrixohlik xatosi –
bunda ta’lim beruvchi biror ta’lim oluvchiga nisbatan hayrixohlik bilan qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yuqori talab qo ‘ yish xatosi - ta’lim beruvchi o‘ziga nisbatan yuqori talablar qo‘ysa va xuddi shunday yuqori darajadagi talablarni ta’lim oluvchilarga nisbatan qo‘llasa, bu bahoning biroz pastroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin. O ‘ rtacha baho berish xatosi – bunday holat odatda ta’lim beruvchining o‘ta yaxshi yoki o‘ta yomon baho berishdan qo‘rqishi, o‘rtacha baholashni ustun qo‘yishi tufayli yuz berishi mumkin. O ‘ z fikrini o ‘ zgartirmaslik xatosi - ta’lim beruvchining o‘zining birinchi fikrini o‘zgartirishni xohlamasligi, o‘z nazoratining natijalarini o‘zgarishsiz qoldirishi tufayli yuz beradi. Ko‘pincha bir marta sodir bo`lgan voqea tufayli o‘qituvchida biror ta’lim oluvchi to‘g‘risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik uning shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga yoki o‘zgarishlarga e’tibor bermasligiga olib keladi. Yoqtirmaslik xatosi - ta’lim beruvchi biror ta’lim oluvchini yoqtirmasligi yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‘lishi tufayli ta’lim oluvchiga yomon baho qo‘yishida namoyon bo‘ladi. Bu xato “hayrixohlik xatosi”ning aksidir. Britaniyalik tadqiqotchilarning kuzatuvi (2006 va 2007-yillar) shuni ko‘rsatdiki, talabalarni ta’limdagi eng qoniqmagan narsalari baholash va qayta aloqa bo‘lib chiqdi. 126 O‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashdagi xatoliklarining oldini olish uchun: • baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to‘g‘ri tanlash; • baholashdan oldin ta’lim oluvchilar bilan talablar va baholash mezonlarini muhokama qilish; • baholash tizimi bo‘yicha nazorat varaqasini ishlab chiqish va undan ta’lim oluvchilarni xabardor qilish; 126 A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition. Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge 270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. P. 132. 340 • baholovchining ayniqsa yozma ishlarni baholashda bir emas, balki ikki kishi bo‘lishi; • baholash usullarini va mezonlarini to‘g‘ri tanlash hamda erishilgan natijani ta’lim oluvchilarga yetkazish; • o‘quvchi-talabalarga o‘z o‘zini baholashni ham taklif qilish va uni o‘qituvchi qo‘ygan baholar bilan taqqoslash; • olingan natijalarni, yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilish hamda sababini aniqlash va xatolarni tuzatish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish lozim. Birinchi galda shunga e’tibor berishimiz kerakki, o‘quvchi-talabalar baholashda qo‘llanilayotgan mezon talablaridan xabardor bo‘lishi kerak. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling