Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Uzoq muddatli davr deb, ishlab chiqarishning barcha omillarini(doimiy, o’zgaruvchi)
o’zgartirish uchun etarli bo’lgan vaqtga aytiladi. Qmsqa muddatli davrda firma o’z mahsuloti hajmini faqat o’zgaruvchi omillar evaziga o’zgartiradi. Bunda doimimy omillar o’zgarmay qoladi. Bu davr mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonunini amal qilishiga ko’ra aniqlanadi. Ishlab chiqarish omiliga talab shu omil tufayli olingan me’yoriy mahsulotga bog’liq. Masalan, to’qimachilik tsexi bo’lib, ma’lum texnologiya bo’yicha bir to’quvchi o’nta to’quv dastgohini boshqa-radi deylik, biz to’quvchilar sonini o’zgartirmay dastgohlar so- nini ko’paytirishimiz mumkin. Albatta, dastgohlarni ko’payishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’payishiga olib keladi. Lekin to’quvchi 12 dastgohni 10 ta dastgohga o’xshab yaxshi boshqara olmaydi. 15 tasini 12 taga o’xshab. Buning natijasida mahsulotning miqdori umuman o’sishiga qaramay, har bir qo’shimcha stanokda chiqarilgan mahsulot avvalgisiga qaraganda kam bo’ladi. Bu misolimiz bo’yicha teskari vaziyatni ham ko’rishimiz mumkin. Dastgohlarni ko’paytirmay, to’quvchilar sonini ko’paytiraylik. U holda har bir to’quvchi kamroq dastgohni boshqaradi. U albatta 9 dastgohni 10 taga qaraganda yaxshi, 8 tasini undan ham yaxshiroq boshqaradi. Lekin dast-gohlarni unumdorligi cheklangan, shuning uchun har bir to’quvchi ishlab chiqargan mahsulot miqdori kamayib boradi. Bu misol bizni muhim xulosaga olib keladi: bilim va texnikaning ma’lum bir erishilgan darajasida ishlab chiqarishning bosh omillari o’zgarmagani holda bir omilni o’sib borishi shu omil olib keladigan unumning ma’lum bir me’yoridan so’ng pasayib borishini ko’rsatadi. Ana shu bog’lanish me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayishi qonunini ifodalaydi. Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani holda ma’lum chegaradan so’ng har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum (daromad) olib kelishi me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayish qonuni deb ataladi. Uni chizmada tasvirlasak, quyidagicha ifodalash mumkin: Chizma bir omil o’z- garuvchi (misolimizda mehnat), ikkinchisi — o’zgarmas (kapital misolimizda stanok) vaziyatda qanday hol ro’y berishi mumkinligini ko’rsatadi. Avvalgi me’yoriy (qo’shimcha) mahsulot birmuncha ko’payadi. Lekin to’quvchilar soni ortib borishi bilan (stanoklar soni o’zgarmagan holda) me’yoriy mahsulot kamayishni boshlaydi, chunki to’quvchini ko’payishi ular xizmat qilayotgan stanoklarni sonini kamayishiga olib keladi. To’quvchilarni yollash ma’lum chegaragacha davom etadi. Bu chegara qaerda? Bu chegara mehnatning bozor bahosi, ya’ni ish haqiga teng bo’ladi. Ana shu ish haqi darajasi tadbirkorga qo’shimcha ish kuchi yollash kerakmi yoki yo’qligini ko’rsatadi. Bu ish haqi me’yoriy mahsulotning puldagi ifodasiga teng bo’ladi. Agarda to’quvchining oylik ish haqi 70 ming so’m desak, misolimiz bo’yicha 10- to’quvchi yaratgan me’yoriy mahsulot ish haqiga teng. Uni chizmada ajratib ko’rsatilgan. 11- to’quvchidan boshlab me’yoriy mahsulot ish haqidan kamayib 60 ming, 50 ming so’m va ho- kazoni tashkil etadi. Natijada mahsulot ishlab chiqarishni 950ming so’mdan ko’paytiradigan bo’lsak, borgan sari foyda kamayib, oxir-oqibat zarar keltirishi mumkin. Vaholanki yuzaki qarasak, qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko’p foyda oladigandek edik. Sababi qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun me’yoriy xarajatlarning o’sishi o’rtacha xarajatlarni ham o’sishiga olib keladi (12 - bobga qarang). Bizni misolimizda me’yoriy xarajat to’quvchiga berilayotgan ish haqi, me’yoriy daromad bu qo’shimcha mehnat birligi evaziga yaratilgan pul shaklidagi me’yoriy mahsulot. Muvozanat pul shaklidagi me’yoriy mahsulotni ish haqiga teng bo’lganida ro’y beradi. Mukammal raqobat kurashi sharoitida yollangan ishchiga to’lanadigan ish haqi sotib olingan resurslar uchun qilingan me’yoriy xarajatlarga teng. Shuning uchun uni MRC=MRP tarzida yozishimiz mumkin. Bu erda: MRC — resurslar uchun me’yoriy xarajatlar (marginal resource costs); 500 380 610 270 710 170 800 MRP1 0 =950-880=70 ming so’m MRP=MRC=W=70 ming so’m W 80 880 950 1010 1060 1100 80 -0 =8 0 170- 80 =9 0 270- 170 =100 380- 270 =90 500- 380 =120 610- 500 =110 710- 610 =100 800- 710 =90 880- 800 =80 1010 -95 0= 60 10 60- 101 0= 50 11 00- 106 0= 40 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Mehnat L (labor) K 6 3 2 1 L 1 2 3 6 MRP — me’yoriy mahsulot pul shaklida (marginal rutnie produst). Me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonuni qisqa muddatli davrda : 1. Ishlab chiqarishning ma’lum bir omili o’zgarmay qolganda; 2. Omillar o’rtasidagi samarali nisbat buzilganda; 3. Fan-texnika taraqqiyoti yuz bermay, yangi ixtirolar qilinmasa yoki ixtirolar ishlab chiqarishga joriy qilinmasa amal qiladi. Bir omil o’zgarib, boshqa omillar o’zgarmaganda olingan qo’shimcha mahsulot shu ishlab chiqarish omili uchun me’yoriy mahsulot (marginal product MP) bo’ladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling