Iqtisod moliya
Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi?
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unumdorlik nazariyasi
- Qisqa muddatli davr
Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi? – iste’mol talabi, resurslar taklifi va
texnologiyaning o’zgarishiga muvofiq ravishda reaktsiya qiladimi? Ishlab chiqarish samaradorligi ana shu savollarga to’g’ri javob tanlash bilan bog’liq. Bunda tadbirkorning, menejerning qolaversa, har bir rahbarning iqtisodiy fikrlash doirasi qandayligi muhim rol o’ynaydi. 3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unumdorlik nazariyasi Biron turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining hammasi kerak, ulardan birontasi bilan alohida tarzda biron narsa ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shu bilan birga, shu omillardan qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, ermi yoki tadbirkorlikmi asosiy o’rin tutadi, mahsulot aynan shu omil bo’lgani tufayli ishlab chiqariladi, deb ham ayta olmaymiz. Ishlab chiqarish jarayonida bu omillar uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’liq holdagina amal qiladi, bir-birini to’ldiradi, gohida bir-birini o’rnini qoplaydi. Biron aniq ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan ma’lum bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni chiqadigan mahsulot miqdori qiziqtiradi. Texnika-texnologiyani ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unumdorligini ishlab chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi sharoitida shu omillar miqdori uchun mahsulotning optimal miqdoriga erishish mumkin. Buni eng oddiy omil misolida ko’rish mumkin. Maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun er va mehnat turli kombinatsiyalarda birlashsin deylik. Aytaylik, 1 ga erda 10 kishi mehnat qilib 700 kg, 20 kishi 1000 kg, 30 kishi 1230 kg, 40 kishi 1410 kg hosil olishi mumkin. Bunda omillarning turli nisbatlari, turlicha natijaga olib keladi. Uni matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi: U=f(a1, a2, a3, ... an) Bunda: U — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; a1, a2, a3, ... an — ishlab chiqarish omillari. Bu funktsiyani quyidagicha korxona (firma) faoliyati natijasida ishlab chiqarishga jalb qilingan omillar bilan ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasida bog’lanish tarzida ham ifodalash mumkin. Q=f(L·K·N) Q — mahsulot miqdori. L, K, N — ishlab chiqarish omillari mehnat, kapital, erning turli xildagi birlashuvi. Bu ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan funktsiya ishlab chiqarish omillariga umumiy xarajatlar bilan ularning nisbati o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu tenglik ma’lum bir texnologiyaga nisbatan olinadi. Texnologiyani takomillashuvi qayd qilingan, ma’lum nisbatdagi omillar yig’indisida ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. (Texnika, texnik vositalar deganda iqtisodiyotdagi mashina, uskuna va hokazolar tushunilsa, ishlab chiqarish texnologiyasi — bu material, yarimfabrikatlarga ishlov berish usuli, ya’ni mexanik, texnik, ximik, elektroximik, biologik, universal usullardan iborat.) Bu funktsiyalarning ahamiyati shundaki, u imkoniyatlarning muqobil variantlari borligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatlarda birlashuvi bir natijani, aynan bir hajmdagi mahsulot chiqarishni ta’minlashini ko’rsatadi. Agarda, ishlab chiqarish omillarining turlicha kombinatsiyalari bo’lishi mumkin ekan, demak, omillarning birlashuvini eng optimal varianti mavjud. Ishlab chiqarish funktsiyasi omillarini bir-birini almashtirishi mumkin. Ishlab chiqarish omillarini o’zaro bir-birini almashtirishi neoklassik tahlilning fundamental kontseptsiyasi hisoblanadi. Mexnat mikdori,j birlik (kishi) Er mikdori, birligi (ga) 10 20 30 40 1 3 6 9 700 1000 1200 1400 1000 1410 1720 1400 1000 1410 1720 2000 1230 1730 2120 2450 Klassik maktab namoyandalari esa tovar ishlab chiqarish uchun faqat bir texnologiya bo’lishi mumkin, omillarni o’zaro bir-birini o’rnini bosishi, almashishini batamom imkoni yo’q, deb hisoblashgan.Ishlab chiqarish hajmi omillarning malum nisbatdagi miqdoriga bordiq. Ularni o’zgarishi uchun esa turlicha vaqt talab qilinadi. Shuning uchun iqtisodiyotda qisqa va uzoq muddatli davr farqlanadi. Qisqa muddatli davr- shunday davrki, korxonaning quvvatini o’zgartirish uchun (Yangi bino, inshoot qurish, texnika, texnologiyani o’zlashtirish, mutaxassis kadrlar tayyorlash) uchun juda qisqalik qiladi. Bunday omillar doimiy deb yuritiladi. Shu Bilan birgashunday omillar borki, ularni nisbatan tezda, osongina o’zgartirish mumkin. Ularga ishchi kuchi, energiya, xom ashyo kabilar kiradi. Ularni o’zgaruvchi omillar deyiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling