Iqtisod moliya
-§. Ishlab chiqarish omillari va daromadlarni
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2-§. Ishlab chiqarish omillari va daromadlarni
taqsimlash nazariyasi Ma’lumki, iste’mol qilish uchun avvalo ishlab chiqarish zarur. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun esa iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy resurslar ishga solinganda u ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Ishlab chiqarish yuz berishi uchun uning omillari harakatga kelishi shart. Iqtisodiyot nazariyasida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etiladi. Turli nazariya namoyandalari ishlab chiqarish omillarisiz ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish mumkin emasligini ta’kidlashadi. Lekin ularni talqin qilishda har xil jihatdan yondashiladi. Bunda mahsulot yaratishda u yoki bu omilning tutgan o’rni va yaratilgan mahsulot taqsimotidagi hissasi haqidagi fikrlar bir-biridan farq qiladi. Frantsuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini asoslab, ularga er, kapital, mehnat kiradi deydi. Ularning o’zaro ta’siri natijasida ishlab chiqarish yuz beradi. Mahsulot yaratishda uchala omil ham qatnashar ekan, Xar bir omil egasi ana shu omilning hissasiga ko’ra daromad olishi kerakligini ko’rsatadi, er egasi — renta, mehnat qilgan ish haqi, kapital egasi foyda oladi. Klassik siyosiy iqtisod vakillari ham shunday fikrni ilgari surishadi. Avstriya maktabi asoschilaridan E. Baverk (1851—1914) ishlab chiqarishning ikki omili mavjud, kapital va mehnat, er esa kapital turli-tumanligining bir ko’rinishi deb biladi. U ishlab chiqarish omillari unumdorligining ma’lum bir chegaradan so’ng pasayib borishini ko’rsatadi, me’yoriy unumdorlik qonuni amal qilishini asoslab berdi. Ishlab chiqarish omillari texnologiya yordamida bir butun qilib bog’lanadi. (Texnologiya — ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning vosita va uslublari to’g’risidagi bilimlar, tajribalar majmuidir.) Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarishning 4 omilini ko’rsatishadi. Ular er, kapital, mehnat, tadbirkorlik bo’lib, ularning har biri daromad keltirish asosiga ega. Iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanishi, ulardan oqilona foydalanish natijasida hsulot yaratiladi, xizmat ko’rsatiladi. Omillar ishlab chiqarishda alohida-alohida qatnasha olmaydi. Ular birgalikda hamda ma’lum bir nisbatda ishlatiladi. Ular doimo bir-birini to’ldiradi. Masalan, mashina o’rnini jonli mehnat bilan yoki aksincha, tabiiy ashyo o’rnini sintetik ashyo bilan to’ldirish mumkin. Shuning uchun resurslardan biri immatlashsa, uning o’rnini to’ldiradigan boshqa arzon resurs bilan almashtirishga harakat qilinadi. Ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari shu resurs egalarining daromadi bo’ladi. Ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, shu omilning hissasiga bog’liq bo’ladi. Er omili tushunchasiga iqtisodiy nuqtai nazardan faqat er emas, balki barcha tabiiy resurslar kiritiladi. Unga haydaladigan erlar, o’rmonlar, suv resurslari, turli tabiiy boyliklar, ko’mir, neft, metall, minerallar kiradi. Ular ishlab chiqarishning tabiiy sharoitini hosil qiladi. Er omili (tabiiy resurslar) keltiradigan daromad renta deb ataladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling