Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Infrastruktura normal tarzda ishlab chiqarish va odamlarning hayot kechirishini 
ta’minlovchi sohalardan iborat. 
Infrastruktura ishlab chiqarish, sotsial, bozor infrastrukturasidan iborat bo’lib, ishlab 
chiqarish infrastrukturasiga yo’llar qurish va uning ekspluatatsiyasi, kanallar, portlar, ko’prik, 
aeroport, omborxona, energiya uzatish tarmoqlari, suv ta’minoti, kanalizatsiya (oqava 
tarmoqlari) va boshqalarni qurish va uning xizmat qilishini ta’minlash sohalari kiradi. 
Sotsial infrastrukturaga maorif, madaniyat, kadrlar tayyorlash, sog’ni saqlash va 
boshqalar kiradi. 
Bozor infrastrukturasiga bozorlar, bank, xom ashyo, fond birjalari ... va hokazo kiradi (V 
bob). 
Infrastruktura barcha ishlab chiqarish va insonlarning hayot kechirish jarayonini bir butun 
qilib bog’laydi. 
Moddiy ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, nomoddiy sohaning ham 
rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, moddiy sohaning rivojlanishi, unda 
unumdorlikning o’sishi natijasida bo’sh ish kuchi yuzaga keladi. Bu nomoddiy sohani 
qo’shimcha ish kuchi va moddiy resurslar bilan ta’minlash imkonini vujudga keltiradi. 
Xozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarish sohasida unumdorlik 
yuqori bo’lgani tufayli iqtisodiy faol aholining 30-50% i shu sohalarda band. 
Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo’jaligida pirovard maqsad bilan tovar 
ishlab chiqarishda bevosita maqsad mos kelmasligi mumkin. Ya’ni pirovard maqsad iste’mol 
qilib, ehtiyojni qondirish bo’lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarini qoplab foyda 
olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinmay, bozorda 
ayirboshlanadi, ya’ni sotiladi. 
Ayirboshlash jarayonida mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. 
Ayirboshlash moddiy ne’mat va xizmatlarning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tish jarayonini 
bildiradi. Tarixan olib qarasak, ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash shaklida 
yuz beradi. 
Bir mahsulotni bevosita boshqa mahsulotga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlash 
barter deyiladi. Bunday ayirboshlash qulay emas. Bunday ayirboshlash kishilik jamiyati 
taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qo’llanilgan.
Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi, rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash amal 
qiladi. 
Bir mahsulotni ikkinchisiga pul vositasida, ma’lum narx asosida, ya’ni oldi-sotdi yo’li 
bilan ayirboshlash— tovar ayirboshlash deyiladi. Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu 
pulga xohlagan boshqa tovar almashtiriladi. U universal ayirboshlash, shuning uchun ham tovar 
ayirboshlash, oldi-sotdi, ayirboshlashning eng qulay va yuksak shakli tarzida tan olinadi. 
Xozirgi paytda neoklassik yo’nalish vakillari ayirboshlashning unumli ekani, uning 
jamiyat boyligi ko’payishiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydilar. 
Ma’lumki, fiziokratlar faqat qishloq xo’jaligidagi mehnat unumli deb tan olsalar, A. Smit 
va D. Rikardolar sanoatdagi mehnat ham unumli deb ko’rsatishgan.
Bu xususda Marshall shunday fikrni ilgari suradi. Umuman olganda inson moddiy 
ne’matlar yaratadi deyishimizning o’zi to’g’rimi? Vaholanki, inson faqatgina tabiat yaratgan 
narsalarnigina foydaliroq tarzda ehtiyojlarini qondirishga moslashtiradi. Masalan, yog’ochdan 
stol yasaydi yoki xom ashyo materialini shunday joylashtiradiki, uni tabiatga nisbatan ko’proq 
foydali bo’lishini oxiriga etkazadi. Shu nuqtai nazardan ayirboshlash, ishlab chiqarishga o’xshab 
ne’matlarni ma’lum makonda ko’chib yurishini ta’minlab, inson ehtiyojlarini to’laroq 
qondirishga xizmat qiladi. Bu jihatdan agar boylikni faqat moddiy, qo’l bilan ushlab, ko’z bilan 
ko’radigan narsa sifatida emas, balki inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish nuqtai nazaridan 
qarasak, ayirboshlash ham boylikning ko’payishiga xizmat qiladi. 


Boylik faqat moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi deb ta’kidlash xizmatlar ko’rsatishni 
nazar-pisand qilmaslikka, oxir-oqibat bu sfera rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling