Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Kapital. Kapital yoki investitsion resurslar - bu hamma ishlab chiqarish vositalarini o’z
ichiga oladi. Bularga tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan barcha vositalar, ya’ni mashina-uskuna, bino, inshoot, traktor, aloqa vositalari va boshqa shunga o’xshashlar kiradi. Ana shu vositalarni ishlab chiqarish va jamg’arish jarayonini investitsiyalash deb ataladi. Bu erda ikki holatni eslatish kerak: 1) investitsion tovarlar iste’mol tovarlaridan shunisi bilan farq qiladiki, iste’mol tovarlari odamlar ehtiyojini bevosita qondiradi. Investitsion tovarlar esa bavosita, ya’ni iste’mol tovarlari ishlab chiqarish uchun ishlatilishi bilan odamlar ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. 2) Kapital deganda bu ma’noda pul ko’zda tutilmaydi. Iqtisodchilar ko’pincha «pul kapitali» iborasini pulni ko’zda tutgan holda ishlatadilar, lekin bu erda ishlab chiqarish vositalari sotib olish uchun ishlatiladigan pul bo’lishi mumkin, xolos. Pulning o’zi hech nima yaratmaydi, ishlab chiqarmaydi, demak, uni iqtisodiy resurs deb bo’lmaydi. Kapital inson tomonidan yaratilgan mehnat vositalari, mehnat qurollari (mashina, asbob- uskuna, turli apparatlar, dastgoh va hokazolar) va mehnatning umumiy sharoitlari bino, inshootlar, kanallar, yo’llar va hokazolarni hamda mehnat ashyolarini o’z ichiga oladi. Mehnat ashyolari tabiiy va xom ashyolardan iborat bo’lib, tabiiy ashyolarga tabiiy boyliklar - ko’mir, ruda, neft va hokazolar, xom ashyolarga inson tomonidan ishlov berilgan material, qazib olingan ko’mir, neft, eritilgan metall va hokazolar kiradi. Ularning hammasi real kapitalni tashkil etadi. Real kapital iqtisodiy resurs bo’ladi. Pul yoki moliya kapitali iqtisodiy resurs emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslar tushunchasi ko’proq ishlatiladigan bo’ldi. Kapitalga investitsion resurslar tarzida qaraydigan bo’lsak, u keltiradigan daromad, yillik protsent divident tarzida namoyon bo’ladi. Mehnat. Mehnat — bu keng ma’nodagi termin bo’lib, iqtisodiy nuqtai nazardan insonlarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ko’zda tutadi (tadbirkorlik qobiliyati alohida ajratiladi). Xar qanday kasb-hunar egasi, dehqon, chorvador, tikuvchi, to’quvchi, o’qituvchi va hokazolar bajargan ish mehnat deb ataladi. Mehnat omilining yaratilgan mahsulotdagi ulushi, uning egasiga ish haqi tarzida tegadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling