Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Tadbirkorlik qobiliyati. Tadbirkorlik mehnat resursining alohida sifat jihatidan farq 
qiluvchi tomoni bo’lib, u o’zining quyidagi xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiladi. 
1.Tadbirkor iqtisodiy resurslarni ishlatib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
tashabbusini o’z zimmasiga oladi. U foyda keltiradigan ish bilan shug’ullanib, ishlab chiqarishni 
tashkil qilib, harakatga keltiruvchi kuch sifatida yuzaga chiqadi. 
2.Tadbirkor o’z zimmasiga qiyin vazifa - biznesda asosiy qaror qabul qilishni oladi, ya’ni 
korxona faoliyati kursini belgilaydi. 
3.Tadbirkor — bu novator, tijorat asosida yangi mahsulot, ya’ni ishlab chiqarish 
texnologiyasi, hatto biznesning yangi tashkiliy shakllarini hayotga tatbiq etishga harakat 
qiluvchi. 
4.Tadbirkor — bu oqilona tavakkal qilish xatarini hisobga olgan holda ya’ni risk qilib ish 
yurituvchi. Tadbirkorning foydasi kafolatlanmagan. U foyda o’rniga zarar ko’rishi, oxir-oqibat 
bankrot bo’lishi mumkin. Qisqacha aytganda, tadbirkor o’z vaqti, mehnati va obro’si bilangina 
emas, balki o’zi qo’ygan mablag’ hamda sheriklari-aktsionerlar mablag’lari bilan ham tavakkal 
qilib ish yuritadi. 
Tadbirkorning o’z qobiliyatini ishlatib, qilgan sa’y-harakatlari
tufayli ko’radigan daromadi tadbirkorlik foydasi deb ataladi. 
Ehtiyojlar turli-tuman va cheksiz bo’lgani holda ularni qondirish uchun zarur resurslar 
cheklangan ekan, u holda doimo ishlab chiqarish omillarini muqobil ishlatish, ular 
qo’shilishining eng oqilona variantini tanlash muammosi kelib chiqadi. 
Iqtisodiy tizimning samarali amal qilish muammosi — bu tanlash muammosidir (11 bob, 
3§). Bu muammo iqtisodiyotning besh asosiy savolida namoyon bo’ladi. 
Nima? — ma’lum bir vaqtda qanaqa tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish zarur? 
Qancha? - ishlab chiqarilayotgan mahsulot qancha miqdorda bo’lishi kerak?
Qanday? — ishlab chiqarish omillarining qanday kombinatsiyasini, texnologiyani 
tanlash kerak? 
Kim uchun? — ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni kim sotib oladi, jamiyatda 
yaratilgan tovar va xizmatlardan olingan daromad qanday taqsimlanadi?

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling