Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Taqsimot. Bu yaratilgan mahsulotni taqsimlashgina bo’lib qolmay u resurslar yoki ishlab
chiqarish omillarini taqsimotini ham ifodalaydi. Taqsimot avvalo har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning yaratgan mahsulotdagi hissasini aniqlaydi. Bu hissa eng avvalo yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning realizatsiyasiga bog’liq. Taqsimot va ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni shunchaki bog’lamaydi. Ko’p jihatdan ishlab chiqarishning samarali bo’lishiga ayirboshlash va taqsimotsiz erishib bo’lmaydi. Ѓarb iqtisodchilari iqtisodiy xo’jalik yuritish faoliyatini tahlilini A. Smitdan boshlab, hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayirboshlash va taqsimlash jarayonini tadqiq qilishdan boshlashgan. Bu tasodif emas, chunki iqtisodiyot ayirboshlash yuz berganda, taqsimot esa ayrim kishilarning xohishiga qarab emas, balki ob’ektiv tarzda bozordan oladigan signallar asosida amalga oshganda erkin iqtisodiyot sifatida tarkib topadi. Mahsulotlarning mo’l-ko’lligi uchun taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexanizmidan minnatdor bo’lishimiz kerak degan, asrimizning taniqli iqtisodchilaridan F. Xayek. Iqtisodiy resurslar taqsimoti narx mexanizmi orqali amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida taqsimot mulkchilikka bog’liq. Yaratilgan mahsulotdagi ulush har bir omilning mulk egasi sifatidagi hissasi orqali aniqlanadi. Taqsimot qanday tarzda bo’lishiga qarab, ishlab chiqarishni faol yangilanishiga ta’sir ko’rsatadi. Iste’mol - ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish ehtiyojni qondirish jarayonini ifodalaydi. Iste’mol ikki xil: shaxsiy va ishlab chiqarish iste’moli bo’ladi: birinchidan, tirikchilik kechirish uchun odamlarning o’zlari tomonidan iste’mol qilinadi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlab chiqarishning o’zida ishlatiladi. Iste’mol faoliyat sifatida yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi. Iste’mol yana qayta mahsulot va xizmatlar yaratishni zarur qilib qo’yadi. Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. Iqtisodiy faoliyat kishilarning ma’lum bir maqsad yo’lidagi xatti-harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, korxona, firma, xo’jalik va davlatlar bo’lib, ularni umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat sub’ektlari deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam aloqada bo’ladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling