Iqtisodchilar uchun matematika” fani bo‘yicha sillabus


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 313.5 Kb.
bet4/11
Sana08.11.2023
Hajmi313.5 Kb.
#1755226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 Силлабус ўзгаргани 1,2,3 IUM Iqtisodiyot TYT 6031010012 09 23

4. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

T/r

Mustaqil ishlarning mavzusi va mazmuni

Hisobot shakli

Bajarilish muddati

Hajmi soatlarda

1-semestr

Hisob-grafik ishi– 30s.

1

Chiziqli algebra va matritsaviy analiz elementlari.

Og‘zaki va yozma hisobot.

7-hafta

15

2

Matematik analiz. Limitlar nazariyasi, bir o‘zgaruvchili funksiyalarning differensial hisobi va ularning tatbiqlari. Chiziqli dasturlash masalasini yechish.

Og‘zaki va yozma hisobot.

14-hafta

15

Mustaqil ishlarning boshqa shakllari – 30 s.

1

Kvadratik formalar. Kanonik ko‘rinishga keltirish. Kvadratik formalarning inersiya qonuni. Ishoralari aniqlangan kvadratik formalar. Silvestr mezoni;

Og‘zaki va yozma hisobot

6-hafta

7

2

Differensiallanuvchi funksiyalar haqidagi teoremalar. Roll, Lagranj va Koshi teoremalari;

Og‘zaki va yozma hisobot

10-hafta

7

3

Chiziqli dasturlashda ikkilanmalik nazariyasi. Ikkilangan masalalar va ularning iqtisodiy talqini. Ikkilanmalik nazariyasining asosiy teoremalari;

Og‘zaki va yozma hisobot

14- hafta

8

4

Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uy ishlarini bajarish

Yozma

1-14- hafta

8




Semestr bo‘yicha jami

60

2-semestr

Hisob-grafik ishi– 24s.

1

Transport masalasi, chiziqsiz dasturlash masalasi, integral hisob va uning tadbiqlari.

Og‘zaki va yozma hisobot.

8-hafta

12

2

Differensial tenglamalar va ularning tadbiqlari.

Og‘zaki va yozma hisobot.

14-hafta

12

Mustaqil ishlarning boshqa shakllari – 66s.

1

Asosiy elementar funksiyalarning integrallari. Kvadrat uchxad qatnashgan ba’zi funksiyalarni integrallash.

Og‘zaki va yozma hisobot

6-hafta

15

2

Iqtisodiyotda aniq integral tushunchasidan foydalanish.

Og‘zaki va yozma hisobot

10-hafta

15

3

n-tartibli chiziqli bir jinsli bo‘lmagan differensial tenglamalar. Lagranjning o‘zgarmasni variatsiyalash usuli.

Og‘zaki va yozma hisobot

14- hafta

20

4

Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uy ishlarini bajarish

Yozma

1-14- hafta

16

Semestr bo‘yicha jami

90

3-semestr

Hisob-grafik ishi– 30s.

1

Ehtimolliklar nazariyasining asosiy masalalarini yechish.

Og‘zaki va yozma hisobot.

8-hafta

15

2

Iqtisodiy modellarda matematik statistika elementlaridan foydalanish.

Og‘zaki va yozma hisobot.

14-hafta

15

Mustaqil ishlarning boshqa shakllari – 30s.

1

Qator yaqinlashishining zaruriy shartdan foydalanib va Teylor formulasi yordamida limitlarni hisoblash;

Og‘zaki va yozma hisobot

6-hafta

7

2

Shartli matematik kutilishi va uning xossalari;

Og‘zaki va yozma hisobot

10-hafta

7

3

Markaziy limit teorema va uning iqtisodiyotda tadbiqlari

Og‘zaki va yozma hisobot

14- hafta

8

4

Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uy ishlarini bajarish

Yozma

1-14- hafta

8

Semestr bo‘yicha jami

60



5. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:


- oliy algebra, vektorlar, analitik geometriya, matematik analizga kirish, bir va ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar differensial hisobi, qatorlar va ehtimollar nazariyalarining topshirig‘ini yechish, matematik modellashtirish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- chiziqli tenglamalar shaklida iqtisodiyotning matematik modellarini tuza olish, ko’p noma’lumli tenglamalar sistemalarini sodda shaklga keltirish va yechimlaridan foydalanish, ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy xodisalarni miqdor jihatdan baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish, resurslarni optimal taqsimlash, iqtisodiy va texnologik jarayonlarning matematik modellari uchun mavjud bo‘lgan hollarni bilishlari va ularga misol tariqasida qaralgan masalalarni matematik yechish usullarini o‘zlashtirgan bo‘lishlari hamda mazkur yechimlardan real iqtisodiyotda, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini prognoz qilishda foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


6. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
1-semestr




Talabaning fanni o‘zlashtirishi

Talabaning bilim darajasi

A’lo
90% -100%

Chiziqli algebra elementlari, analitik geometriya, vektorlar algebrasi, matematik analizga kirish, bir o‘zgaruvchili funksiyalarning differensial hisobi haqida mustaqil xulosa va qaror qabul qilish;
Matritsalar va determinantlar, ikkinchi tartibli egri chiziqlar, vektorlar ustida amallar, funksiyaning limiti, funksiyaningva murakkab funksiyaning hosilasini olish bo‘yicha ijodiy fikrlay olish va mustaqil mushoxada yuritish;
Matritsalar ustida amallarni, determinantlarni hisoblashni, to‘rt va uch o‘zgaruvchili chiziqli tenglamalar sistemasini Kramer va matritsa usulida yechishni, egri chiziqlarning tenglamalarini tuzish va undan foydalanishni, vektorlarning turli ko‘paytmalaridan tadbiqiy masalalarni yechishda foydalanishni, funksiya hosilasining tadbiqlarini amalda qo‘llay olish;
Matritsa va determinant, egri chiziqlar, vektorlarning turli ko‘paytmalari, funksiya limiti va aniqmasliklarni ochish, funksiya differensiali va uning tadbiqlarining mohiyatini tushunish;
Matritsalar ustida amallarni, determinantlarni hisoblashni, egri chiziqlarning tenglamalarini tuzish va undan foydalanishni, vektorlarning skalyar, vektor va aralash ko‘paytmalarini, funksiya limitini hisoblashni, funksiya differensiali tadbiqlarini bilish, ifodalay olish, aytib berish;
Matritsa, determinant, egri chiziq, vektorlarning skalyar, vektor va aralash ko‘paytmalari, funksiya limiti, funksiyaning hosilasi, funksiya differensiali, funksiyani to‘la tekshirish to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lish


Download 313.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling