Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana19.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1103075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
iqtisodiy-diskursdagi-asosiy-atamalarning-kognitiv-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
834 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
spektrida biz Y e .S.Kubryakova va J. Pusteyovskiy tomonidan taklif qilingan 
protseduradan (taomil)dan foydalandik. 
Pusteyovskiy: “So‘z, masalan, “kitob” nimani anglatishini minimal tushuntirish - 
bu qualia tuzulish deb nomlangan reprezentatsiya bo‘ladi... Qualia - Uning vazifasi 
nima?(savoliga javob berish orqali ye chim ko‘zga ko‘rinadi) - Uning bazaviy 
toifasi, qaerdan kelib chiqqanligi, nimadan yasalganligini bilish kerak. Shunday 
qilib, men kitobdan zavq olsam, kitobni o‘qishni nazarda tutsam, kitob sotib olish 
haqida gap ketganda, moddiy ob’ektning o‘zini nazarda tutaman. Qualia tuzilmasi 
bunday ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “kitob” tushunchasi belgisi sifatida 
kodlaydi (www.brandeis.edu). 
Pustejovskiyning mavzu so‘z boyligiga nisbatan ko‘rsatgan tartibini biz uni 
barcha sintaktik rollarda so‘z haqida so‘raladigan savollar shaklida so‘z muvofiqligi 
xaritasini qurish deb ta’riflaydi, Ye.S.Kubryakov ishlarida aniq ko‘rsatilgan. 
So‘zning kognitiv xaritasini “so‘zning eng keng tarqalgan kontekstlarining aksi 
sifatida ko‘rish mumkin. So‘zning semantikasi o‘zgarib ketadigan barcha 
yo‘nalishlarning bayoni sifatida ko‘rish mumkin. So‘zning ma’nolarini yanada 
to‘liqroq leksikografik tushunchasiga ega bo‘lishga tavsiya sifatida ham ko‘rish 
mumkin” [Kubryakova 2004: 376]. 
Ushbu nazariy qoidalarga asoslanib, biz iqtisodiyot fanining xalqaro iqtisodiy 
aloqalar va xalqaro savdo sohasidagi bir nechta asosiy konsepsiyalarini ko‘rib 
chiqamiz. Ularning barchasi mavhum harakatlar ega jarayonlar, holatlarni anglatadi, 
jumladan, devaluation – devalvatsiya; speculation - chayqovchilik, birja o‘yini; 
deficit - defisit; surplus - profisit, qoldiq, mo‘llik, byudjetning yoki to‘lov balansining 
faol saldosi
Biz ushbu konsepsiyalardan mazmuniy jihatdan to‘liq va umumiy tasvirini 
yaratish uchun, olim-iqtisodchi uchun ham bilish vositasi bo‘lgan, ham uning 
ob’ektni belgilash bo‘lgan terminning konseptual tuzilmasida qanday umumiy 
jarayonlar, shu jumladan metaforik jarayonlar kuzatilishini bilish uchun foydalanamiz. 
Ushbu konsepsiyalar biri biri bilan kelib chiqishiga ko‘ra farq qiladi: devaluation 
– devalvatsiya va speculation - chayqovchilik fe’ldan yasalgan otlar bo‘lib (asliyatiga 
ko‘ra: devalue va speculate fe’llari) va bundan tashqari, zamonaviy ingliz tilidagi asl 
fe’l shakllari bilan aloqasini saqlab qoladi va ular bilan birga ta’lim va iqtisodiy 
sohalarga oid matnlarda ishlatiladi [Epifanov 2005: 190]. Aksincha, deficit - defisit va 
surplus – qoldiq kabi misollar esa zamonaviy ingliz tilida fe’llardan yasalgan shakllar 
hisoblanmaydi. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling