Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana19.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1103075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
iqtisodiy-diskursdagi-asosiy-atamalarning-kognitiv-tahlili

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ingliz tilidagi matnlarda taqdimot uslubi yoki havola tarzi ko‘proq idiomatik, 
obrazlilik, hissiy tus berish bilan ajralib turadi. Bunday farqlaniish jarayoni rus tili va 
ingliz tili o‘rtasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy diskurs jarayonida konsepsiyalardan 
foydalanish xam shunga o‘xshash tarzda farq qiladi. Ingliz tilidagi iqtisodiy matnlar 
bu jihatdan indikativdir, chunki atamalarning muhim qismi otlar bo‘lib (bu o‘z-
o‘zidan atamaga xosdir) ular jarayonlar, harakatlar, voqealar, holatlarni bildiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu reifikatsiyalar (muayyan jarayonni umumlashtiruvchi 
majhul tushuncha) - predmetlashtirilgan harakatlar [Drozdova 2003: 224]. 
Masalan: distribution - taqsimlash, tarqatish; production - ishlab chiqarish; 
recession - pasayish; devaluation - devalvatsiya; speculation – chayqovchilik kabi 
iqtisodiy atamalar reifikatsiyalar deb ataladi
Bir qator asarlarda ta’kidlanganidek, predmetlashtirilgan harakatlar murakkab
gibrid konseptual tuzilishga ega. Bir tomondan, asl fe’lning ba’zi xususiyatlarini 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
833 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
olib, reifikatsiya vaqtda o‘zgarishliligi, bosqichma-bosqichligi va elementligi jihatdan 
vaqt chegaralarining mavjudligi bilan tavsiflanishi mumkin. 
Boshqa tomondan, otning xususiyatlariga ega bo‘lish bilan birga, reifikatsiya 
vaqt va bo‘shliqdagi barqarorlik, yaxlitlik va bo‘shlik chegaralar kabi xususiyatlarga 
ham ega bo‘ladi. Xarakat kategoriyasini oxirigacha qoldirmasdan, fe’llashgan otlar 
ob’ekt kategoryasiga o‘tadi [Irisxanova 2004: 352], bu uni nimani bildirishi, aniqrog‘i 
bizning ongimizda qurilgan narsani, ham harakat sifatida, ham ob’ekt sifatida 
bo‘lishi to‘g‘risida o‘ylashimizga imkon yaratadi. 
Iqtisodiyotning asosiy tushunchalarining muhim xususiyati shundaki, ularning 
barchasi, ma’lum ma’noda, bizning ongimizning nazariy konstruksiyalari hisoblanadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling