Iqtisodiy fanlar kafedrasi
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya AT HISOBOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar
Kapital qo`yilmalar — qurilish yoki asosiy vositalar yoki nomodiy aktivlarni sotib olish va ularni foydalanishga topshirishgacha bo`lgan xarajatlar summasining yig`indisiga tengdir. Masalan, korxona qurilish olib borayotgan bo`lsa, qurilish bilan bog`liq barcha xarajatlar kapital qo`yilmalar hisobida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar — foiz yoki dividend ko`rinishda daromad olish maqsadida uzoq vaqt davomida o`zida saqlab turadigan qarz va ulushli qimmatli qog`ozlarni sotib olishga aytiladi. Uzoq muddatli debitorlik qarzlar — bir yildan ortiq muddatga korxona oldida qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Asosiy mablag`lar va nomoddii aktivlar ularning to`liq boshlang`ich qiymati bo`yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag`lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to`liq to`laguncha yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo`lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo`li bilan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar (fondlar) tarkibiga: - dastlabki qiymati belgilangan qiymatdan kam bo`lmagan (eng kam ish haqiga nisbatan belgilanadi); - bir yildan ortiq xizmat muddatiga ega mehnat vositalari kiritilgan. Qishloq xo`jaligida asosiy vositalar tarkibiga qiymatidan qat’iy nazar qishloq xo`jaligi mashina va asboblari, voyaga etgan ish hayvonlari va mahsuldor chorva mollari kiradi. Asosiy fondlar ishlab chiqarishga taalluqli va noishlab chiqarishga taalluqli fondlarga bo`linadi. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan noishlab chiqarish fondlaridan ham foydalaniladi. Ular xo`jalikning dam olish xonalari, hammom va dush kabi maishiy xaraktyerdagi bino-inshootlaridan tashkil topadi. Noishlab chiqarish fondlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmasada, ular fermer xo`jaligida mehnat resurslarining ishchi kuchini qayta tiklash va mehnat unumdorligini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining barchasi ham qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida birdek ishtirok etmaydi. Traktorlar, kombaynlar, yuk avtomobillari, qishloq xo`jaligi mashina va uskunalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar bevosita asosiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko`paytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lsa, boshqa bir turdagi ishlab chiqarish fondlari fermer xo`jaligining sanoat xarakteridagi ishlab chiqarishi (mahsulotni qayta ishlash zavodlari, moyjuvoz, tegirmonlar va boshqa), qurilish, savdo yoki xizmat ko`rsatish kabi sohalarida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqarish fondlarini qishloq xo`jaligiga taalluqli va qishloq xo`jaligiga taaluqli bo`lmagan fondlarga bo`lish mumkin. Qishloq xo`jaligi korxonalarining asosiy vazifasi qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog`liqligi tufayli qishloq xo`jaligiga taaluqli ishlab chiqarish fondlari asosiy o`rinni egallaydi. Uning tarkibiga imoratlar, inshootlar, o`tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, uskunalar (priborlar), mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko`p yillik daraxtlar, ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari, shuningdek yer unumdorligini tubdan yaxshilashga (yerlarni quritish, sug`orish tizimlarini yaratish, sho`rini yuvish va boshqa meliorativ tadbirlarga) yo`naltirilgan kapital qo`yilmalar kiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling