Iqtisodiy islohotning hozirgi bosqichida buxgalteriya hisobi tizimining holatini baholash muammolari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar.
Special Issue | 2022 Oʻzbekistonning xalqaro professional tashkilotlarga kirishi ushbu muammolarni hal qilishni tezlashtirish imkonini beradi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasining (OʻzRBAMA) xalqaro buxgalterlar Federatsiyasiga (IFAC) kirishi muhim ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobi sohasidagi boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan yaqinroq hamkorlik oʻrnatish kerak: xalqaro moliyaviy hisobot standartlari qoʻmitasi (IASB), BMTning savdo va taraqqiyot qoʻmitasining buxgalteriya boʻlimi, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va boshqalar. Ichki buxgalteriya hisobini isloh qilish maqsadida xalqaro hamkorlik mustaqil yoʻnalish sifatida qaraladi. Buxgalteriya standartlarini ishlab chiqishda milliy professional buxgalteriya tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlaydi. Buxgalteriya hisobini tartibga solishni takomillashtirishning pirovard maqsadi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holati va faoliyati toʻgʻrisidagi buxgalteriya maʼlumotlarining shaffofligini va barcha manfaatdor foydalanuvchilarning unga kirish imkoniyatini taʼminlashdan iborat.[18] Shuningdek, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlarini buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) bilan organik kombinatsiyasini taʼminlash talab etiladi. Va nihoyat, ushbu sohada milliy buxgalteriya yondashuvlarining xalqaro standartlar bilan oqilona kombinatsiyasini taʼminlash muhimdir.[21-22] Buxgalteriya hisobini isloh qilishda, shu jumladan uning tarkibiy qismi — tartibga solishda ushbu yondashuvlarning amalga oshirilishi koʻp jihatdan buxgalteriya hisobi tizimining oʻzi rivojlanishining barqarorligini saqlashga bogʻliq. Xulosa va takliflar. MHXS asosida buxgalteriya hisobini yanada isloh qilish uchun quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni tavsiya etamiz: oxirgi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda MHXSni qoʻllash boʻyicha tayyorgarlik ishlarini olib borish; MHXS asosida mavjud normativ-huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirish; oʻzbek tilining oʻziga xos va lingvistik me‟yorlariga mos keladigan MHXSning sifatli tarjimasini ta‟minlash;; buxgalteriya hisobi va soliq hisobining bir-biriga mos kelmaydigan uslubiy jihatlarini bartaraf etish; sanoat darajasida uslubiy taʼminotni (koʻrsatmalar, uslubiyoti, sharhlar) ishlab chiqish va amalga oshirish; buxgalteriya hisobi, audit, soliq solish va boshqa sohalarning terminologik apparatini muvofiqlashtirish; kadrlar (buxgalteriya kasbini shakllantirish, buxgalteriya mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish); xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. Normativ tartibga solishni takomillashtirish nafaqat buxgalteriya hisobi standartlarini, balki fuqarolik, soliq qonunchiligi va boshqa huquq sohalarini xalqaro talablarga etkazish, shuningdek iqtisodiy islohotlar jarayonida toʻplangan barcha ijobiy tajribalardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling