Iqtisodiy islohotning hozirgi bosqichida buxgalteriya hisobi tizimining holatini baholash muammolari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar.
Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yozishda Ekspert baholash usuli foydalanib buxgalteriya
hisobining hozirgi holatini baholash va takomillashtirish yoʻnalishlarini aniqlash amalga oshirildi. Ekspert baholash usuli muayyan doiradagi masalalarning ratsional yechimlarini tayyorlash va tanlash uchun zarur maʼlumotlarni olishga qaratilgan mantiqiy va matematik- statistik usul va protseduralar majmuidir. Tahlil va natijalar. Milliy buxgalteriya hisobi standartlari va xalqaro standartlarni tashkil etishdagi koʻplab prinsipial farqlar Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini isloh qilishning zaruratini, ustuvorligi va izchilligini belgilab berdi. Dastlabki bosqichda umumiy yondashuvlar tizimlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga amalga oshiriladi hamda birinchi navbatdagi milliy standartlar roʻyxati tuziladi.[15] Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tizimining oʻzaro munosabatlari tendentsiyalari, shuningdek, davlat organlari va professional jamoat birlashmalari tomonidan buxgalteriya hisobini tartibga solish muamolari va masalalari tahlil qilindi.[16-23] Birinchi qadam Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan iqtisodiyotini rivojlantirish strateriyasiga muvofiq hisobga olish va hisob tizimiga oʻtish Davlat dasturini qabul qilish amalga oshirildi. Davlat dasturi asosida yagona metodologik bazadan kelib chiqib, barcha darajadagi xoʻjalik yurituvchi sub‟ektlarning xoʻjalik faoliyatiga baho berish imkonini beradigan milliy hisoblar tizimini ishlab chiqish talab etiladi: birinchi xar bir xoʻjalik yurutuvchi subyekda, soʻngra soha, tarmoq va davlat miqyosida.[3-17] Keyingi bosqischda olingan ma‟lumotlar va koʻrsatkichlar boshqa mamlakatlarda qoʻllaniladigan shunga oʻxshash ma‟lumot va koʻrsatkichlar bilan taqqoslanishi kerak. Milliy iqtisodiyotimizni bunday tizim shaffof iqtisodiyotliy mamlakatlar va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga yordam beradi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratadi. 1994 yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini rivojlantirish va isloh qilish toʻgʻirisidagi davlat dasturi toʻrtta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga olgan edi, bular: mamlakatdagi mavjud yangi iqtisodiy haqiqatga buxgalteriya hisobi va tushunchalarini moslashtirish. Foydalanuvchilarning yuqori talablariga javob beradigan moliyaviy axborotlarni shakllantirish boʻyicha buxgalteriya hisobinining yangi konsepsiya tashkil etish, amalga oshirish qoidalari va normalarini ishlab chiqish hamda nazorat qilish; buxgalteriya hisobi sohasida toʻplangan uzoq yilik ijobiy an‟analar, xalqaro standartlar talablariga iloji boricha yaqin boʻlgan holda, yangi bazaga moslashtirish orqali buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini qayta tashkil etish; rivojlangan bozor muhitiga ega boʻlgan mamlakatlarning iqtisodiyoti haqiqada va ushbu mamlakatlarning buxgalterlik kasbining talablariga mos keladigan yuqodi darajali profisianal kadrlar tayorlash; milliy buxgalteriya kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish. Milli ichki buxgalteriya hisobi va xalqaro standartlarning asosiy tamoyillarini qiyosiy oʻrganish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling