5–rasm. Talab va taklif muvozanati.
Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.
Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi.
Nazorat savollari
Bozor mexanizmi nima, uning elementlari nimalardan iborat?
Bozordagi talab nima? Talab qonuniga ta’rif bering
Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun qanday usullardan foydalaniladi?
Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhim omillariga nimalar kiradi?
Bozordagi taklifni tavsiflang.
Taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga nimalar kiradi?
Talab va taklif muvozanati tushuntiring.
Mustaqil ta’lim uchun savol va topshiriqlar
Bozordagi talabni aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha o‘rganilayotgan mamlakatlar tajribasi.
O‘rganilayotgan mamlakatlarda talab va taklif qonunining amal qilish xususiyatlari.
O‘zbekiston sharoitida bozor, uning tarkibi va amal qilish mexanizmi.
ILOVALAR
1-ilova
Asosiy tushunchalar mazmuni
Talab – bu nafaqat istak va ehtiyoj, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |