Taklif xajmi Qs - joriy vaqtda bozorda sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar xajmi, soni. Ularning xajmi doimiy ravishda ishlab chiqarish va sotish xajmi bilan bir xil bo‘lavermaydi.
Taklif narxi - joriy vaqtda, joriy joyda, mavjud tovarga sotuvchi tomonidan qo‘yiladigan minimal narx.
Taklif xajmining o‘zgarishi – ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi.
Taklifning o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘zgarmas holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarning o‘zgarishi tushuniladi.
Bozor muvozanati – iqtisodiy subyektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.
Elastiklik koeffisienti E – bir omilning boshqa bir omil bir foizga o‘zgarishi natijasida son jihatidan o‘zgarishi darajasini bildiradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik – (ijobiy koeffisient) bunda bir omilni o‘sib borishi boshqa bir omilni oshib borishiga turtki bo‘ladi.
Qarama-qarshi bog‘liqlik – (salbiy koeffisient) bunda bir omilning ortib borishi boshqa bir omilni yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Masalan, daromad bo‘yicha talab elastikligining ortib borishi natijasida birmuncha pastroq darajadagi tovarlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
Narx bo‘yicha talab elastikligi EPd – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed>1 bo‘lsa, talab elastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed<1 bo‘lsa, talab noelastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed=1 bo‘lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |