Iqtisodiy nazariya
Download 1.31 Mb.
|
Микроиктисод
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya
- Doimiy resurslar
- O‘ zgaruvchan resurslar
Ommaviy ishlab chiqarish – katta yoki kichik partiyada, ko‘p turdagi, bir ko‘rinishdagi standart tovarlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
Oqim shaklida ishlab chiqarish - ya’ni uzluksiz jarayon shaklida ishlab chiqarish – xom-ashyoni tinimsiz iste’mol qilish, materiallardan foydalanish va mahsulotlarning tinimsiz oqimi bilan izohlanadi. Materiallar deganda, ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga aylanadigan har qanday moddiy narsani qarashimiz mumkin: butlovchi qismlar, yarim fabrikatlar, temir, po‘lat, shisha, yoqilg‘i, yog‘och, paxta va boshqa xom ashyolar tushuniladi. Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to‘g‘risidagi amaliy bilimlardir. Ishlab chiqarish funksiyasi - Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Q = f (K, L, M) Izokvanta – bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Izokosta chizig‘i – bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo‘lib, u umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oladi. Doimiy resurslar - ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan va ko‘rib o‘tilayotgan davr mobaynida o‘zgarmas holatda qoladigan resurslardir. Ularga ishlab chiqarish maydonlari (bino yoki inshoat o‘lchami), yuqori malakali mutaxassislarning mehnati va o‘ziga xos bilimi misol bo‘la oladi. O‘zgaruvchan resurslar - ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq resurslardir. Qisqa muddatli davr - firma o‘z resurslarining bir qismini son jihatdan o‘zgartirib qolgan qismini o‘zgarmas holatda qoldirish davriga aytiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling