Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Aholini takror hosil qilishning haqiqiy koeffitsiyenti nimani


Download 1.2 Mb.
bet61/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Aholini takror hosil qilishning haqiqiy koeffitsiyenti nimani anglatadi?

Aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsiyenti. Agar reproduktiv yoshdagi har bir ayol o‘rtacha R qiz farzandlar ko‘rsa, bu hali qiz farzandlar avlodi soni onalar avlodi sonidan R darajada ko‘p yoki kam bo‘lishini bildirmaydi. Chunki bu barcha qizlarning hammasi ham onalari farzand ko‘rgan yoshgacha tirik qolmasliklari mumkin. Bundan tashqari, hamma qizlar ham reproduktiv yoshgacha hayot qolmasliklari mumkin. Bu, ayniqsa, o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga taalluqlidir. Shuning uchun o‘limni ham hisobga oladigan koeffitsiyent bo‘lishi talab qilinadi. Bu aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsiyenti (sof) yoki Beka-Kuchinski koeffitsiyentidir.
Aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsiyenti ayol hayotligi davrida tug‘ilgan va reproduktiv davr oxirigacha (bu davrda tug‘ilish va o‘lim darajasi saqlanib turganida) hayot bo‘lgan qizlarning o‘rtacha soniga teng. Aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha (besh yillik yosh guruhlari uchun) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bunda: brutto-koeffitsiyentdagi belgilaming hammasi saqlanib qolgani holda 5Lx va Lо - tegishli ravishda ayollar hayot jadvalining (x+5) yosh oralig'ida yashayotganlardir, Lо- uning ildizi.


Aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsiyenti formulasida ayollar hayot jadvalining (x+p) yosh guruhlarida hayot boiganlar sonidan foydalaniladi. Ko‘rinishi murakkab boisa ham ushbu formula anchayin sodda va tegishli, masalan Excel elektron jadval-larining kompyuter dasturlaridan foydalangan holda aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsiyentini hisoblab bera oladi. Jumladan, AQSHning senzlar byurosi Xalqaro dasturiy markazi (IPC of U.S. Bureau of the Census) PAS (Population Spreadsheets Analysis) elektron jadvallar tizimini ishlab chiqqan. Bu jadval-lardan biri - SP tugilishning yosh guruhlari va (x+p) yosh guruhlar oraligida hayot boiganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalangan holda aholi takror hosil qilinishining brutto va netto-koeffi-tsiyentlarini hisoblab bera oladi.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling