Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishi


Download 1.2 Mb.
bet57/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

3. Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishi. Aholining bunday takror hosil qilinishida bayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq boiadi. Natijada aholining jins-yosh tarkibining taraqqiy etuvchi turi shakllanadi, uning mutlaq soni ortib boradi. Bunday tur uchun tugilishning va aholi tabiiy o‘sishining yuqori, oiimning nisbatan past ko‘rsatkichlari xos boiadi.
Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishi, eng avvalo rivojlanayotgan (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi) mamlakatlarda kuzatilmoqda.
Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishining ijtimoiy- iqtisodiy sabablari quyidagilardan iborat:
• iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining pastligi, iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining katta salmoqqa egaligi;
• urbanizatsiya darajasining nisbatan pastligi (41,0 %gacha, qishloq joylarida tug‘ilish yuqoriroq darajada bo‘ladi);
• ijtimoiy munosabatlaming o‘ziga xosligi, ko‘p farzandlikni rag‘batlantiradigan diniy aqidalar;
• ayollaming kamsitilishi, nikohlarning erta tuzilishi;
• zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan epidemiya kasalliklariga qarshi kurashda foydalanish, sanitariya madaniyatining ortishi;
•musulmon mamlakatlarida oila rejalashtirilishining man etilishi va boshqalar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish o‘lim darajasini pasaytirdi, lekin tug‘ilish, asosan, yuqoriligacha saqlanib turibdi.


  1. Yashovchanlik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?

Aholining takror hosil bo‘lishini o‘rganishda qator demografik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular jumlasiga tug‘ilganlar va o‘lganlaming mutlaq miqdorini taqqoslash asosida hisoblab chiqilgan quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
1. Yashovchanlik koeffitsiyenti yoki Pokrovskiy-Pirl indeksi. Ushbu indeks 1897-yilda rus olimi V.I. Pokrovskiy va 1921 yilda amerikalik olim R. Pirl tomonidan taklif qilingan. Yashovchanlik koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: N — ma’lum bir davrda tug‘ilganlar soni;
M - muayyan joyda ma’lum bir davrda o‘lganlar soni.
Mazkur koeffitsiyentda aholining tabiiy o‘sishidan farqli ravishda tug‘ilganlar (N) bilan o‘lganlar (M) farqini emas, balki nisbatini ko‘rsatadi va o‘lgan bir kishi soniga to‘g‘ri keluvchi tug‘ilganlaming soni hayotni tark etayotgan avlodlaming hayotga kirib kelayotgan yangi avlod o‘mini bosishini baholash uchun foydalaniladi.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling