Iqtisodiy o’sishning mazmuni, omillari na turlari


Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari


Download 0.69 Mb.
bet8/10
Sana22.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1649154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI ASADBEK 11

2.1Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (OECD) a’zo mamlakatlarning real yalpi ichki mahsuloti joriy yilning uchinchi choragida oldingi uch oyga nisbatan 0,4 foizga o‘sdi, yillik ko‘rsatkichda o‘sish 3,3 foizni tashkil etdi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining choraklik o‘sish sur’atlari uch chorak davomida zaifligicha qoldi — ikkinchi chorakda o‘sish 0,5 foizni, birinchisida 0,3 foizni tashkil etdi.
Shunga qaramay, OECD mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot pandemiyadan oldingi darajadan 3,7 foizga oshdi.
Uchinchi chorakda AQSH iqtisodiyoti birinchi chorakda 0,4 foizga, ikkinchi chorakda esa 0,1 foizga qisqarganidan keyin 0,6 foizga o‘sishga qaytdi.
Germaniyada aprel—iyun oylaridagi 0,1 foizdan uchinchi chorakda 0,3 foizgacha o‘sish tezlashdi.
Italiyada o‘sish 1,1 foizdan 0,5 foizgacha, Fransiyada 0,5 foizdan 0,2 foizgacha sekinlashdi. Umuman olganda, Yevropa mamlakatlarida iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 0,8 foizdan 0,2 foizga sekinlashdi.
Kanadada uchinchi chorakda YIM 0,4 foizga oshdi, Buyuk Britaniyada 0,2 foizga oshganidan keyin 0,2 foizga kamaydi.
Shuningdek, quyidagi mamlakatlarda YIM dinamikasi notekis: Polsha iqtisodiyoti chorak oldin 2,4 foizga tushganidan keyin uchinchi chorakda 0,9 foizga o‘sdi, Latviya va Sloveniya yalpi ichki mahsuloti mos ravishda 1,7 foiz va 1,4 foizga kamaydi.
Shu bilan birga, Slovakiya yalpi ichki mahsuloti to‘rtinchi chorakda ketma-ket 0,3 foizga o‘smoqda. OECD mamlakatlari orasida eng kuchli o‘sish Meksikada (1,8 foiz), Kolumbiyada (1,6 foiz) va Norvegiyada (1,5 foiz) qayd etildi. YIMning eng aniq pasayishi Chilida kuzatildi — 1,2 foiz.
OECD G7 mamlakatlari uchun o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil jahon savdosi ekanligini ta’kidlaydi — Qo‘shma Shtatlarda yalpi ichki mahsulotning ijobiy dinamikasiga qaytish aynan tovarlar sof eksportining hissasi bilan ta’minlangan. Global eksport 4 foizga oshdi, shu bilan birga import 2,3 foizga kamaydi.

2.1.1-rasm.Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari.(2021)
PMTI ekspertlari Markaziy Osiyo (MO) mamlakatlarida moliyaviy sektor rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog’liqlikni o'rgandi.
Tadqiqot moliyaviy xizmatlar taklifining ortishi iqtisodiy o‘sishga olib keladimi (supply-leading) yoki iqtisodiy o'sish moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan qo'shimcha talabni yuzaga keltirib, moliyaviy sektor rivojlanishiga sabab bo'ladimi (demand-following), degan savolga javob beradi.
Dunyo mamlakatlarida moliya sektori va iqtisodiy o'sish oʻrtasidagi bog'liqlik turlicha boʻlgan. Masalan, Shotlandiya, Belgiya, Rossiya va Yaponiyada moliyaviy sektor sanoatlashishni jadallashtirishga xizmat qilgan bo‘lsa Angliya, Germaniya va Fransiyada sanoatning rivojlanishi moliyaviy sektor rivojlanishiga olib kelgan.



Mamlakatlar

Iqtisodiy o'sish davri

Dastlabki aholi jon boshiga Real YaIM $

So'ngi jon boshiga real YaIM $

Iqtisodiy o'sish sur'ati foizda

Hozirgi (2022) jon boshiga Real YaIM $

Yaponiya

1890-1990

842

16144

3

26070

Braziliya

1900-1987

436

3417

2,39

28070

Kanada

1870-1990

1330

17070

2,15

26220

Germaniya

1870-1990

1223

14288

2,07

35060

AQSH

1870-1990

2244

18258

1,76

4390

Meksika

1900-1987

401

1748

1,71

8540

Buyuk Britaniya

1870-1990

649

2667

1,64

25870

Argentina

1900-1987

2693

13589

1,36

9930

Indoneziya

1900-1987

1284

3302

1,09

2990

Pokiston

1900-1988

499

1200

1,01

1940

Hindiston

1900-1989

413

885

0,88

2570

Bangladesh

1900-1990

349

662

0,65

1720

Xitoy

1870-1990

401

1765

1,75

4390

2.1.1-jadval. Turli mamlakatlarning iqtisodiy o’sish ko’rsatlichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi.


Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi:
Markaziy Osiyo davlatlarida moliyaviy sektorning rivojlanishi shunchaki iqtisodiy o‘sish natijasi emas, balki uning sababidir. Moliyaviy sektor rivojlanishining 1 foiz punktiga ortishi iqtisodiyotning 0,5-2,5 foizga oshishiga olib kelgan.
Ya'ni, moliyaviy sektorning rivojlanishi va iqtisodiy o'sishi o'rtasidagi bir tomonlama (supply-leading) bog'liqlik mavjud. Banklar tomonidan beriladigan kreditlar iqtisodiy o'sishga olib kelgan, lekin iqtisodiy o'sish moliyaviy xizmatlarga qo'shimcha talabni shakllantirishga xizmat qilmagan. Bu moliyaviy bozorning yetarli darajada rivojlanmaganligi bilan bog'liq bo'lib, pul mablag'larini ushbu moliyaviy sektorga qayta jalb qilishda vositalarning yetishmasligi va jamg'armalarni moliya sektoriga jalb qilish darajasi pastligi bilan bog'liq.
Ta'kidlash joizki, keyingi bosqichda yuqori o'rta daromadli mamlakatlar qatoriga o'tish uchun moliya sektorini yanada rivojlantirish va iqtisodiy o'sishning moliyaviy xizmatlarga qo'shimcha talab shakllantirishini ta'minlash kerak (demand-following). Buning uchun moliyaviy ommaboplikni orttirish talab etiladi. Sababi, MO davlatlarida moliyaviy ommaboplik va moliya sektorining rivojlanishi o'rtasida ikki tomonlama bog'liqlik aniqlandi.
Tadqidot natijalaridan kelib chiqib, quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
O'zbekistonda dastlab moliya bozorini rivojlantirishga e’tibor berilib, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM miqdori miqdori ma’lum bir chegaraga ($2800) yetganidan so'ng, jamg'armalarni rasmiy moliya sektoriga jalb qilishga alohida ahamiyat qaratilishi lozim.
Moliya bozorini rivojlantirish bilan bir qatorda investitsion banklar tashkil etish va turli risk darajasiga mos ravishda foyda keltiradigan moliyaviy instrumentlarni ko'paytirish kerak. Natijada bo’sh turgan mablag’larni rasmiy moliya sektoriga qayta yo'lantirish mumkin.
Tadqiqot uchun ikki o‘zgaruvchan vektor avtoregressiv (Bivariate vector autoregressive-BVAR) ekonometrik usuli va Grenjer-sababiyati (Granger-causality) modelidan foydalanildi va MO mamlakatlarining (Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) 1993-2020 yillarga oid ma’lumotlari asos qilib olindi. Molyaviy sektor indikatori sifatida Xalqaro valyuta jamg'armasining moliyaviy rivojlanish va moliyaviy bozorning rivojlanashi indekslari, qo'shimcha o'zgaruvchilar sifatida esa aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlar, tabiiy boyliklar, savdo ochiqligi, inson kapitali, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va pul o'tkazmalari olindi.
#BVAR — vaqtli qatorlarda har bir o'zgaruvchi o'zining avvalgi qiymatlari va boshqa o'zgaruvchilarning avvalgi qiymatlarining chiziqli funksiyasidir.
#Granger_sababiyati — statistik hisob-kitob nazariyasi bo'lib, unga ko'ra X o'zgaruvchi Y o'zgaruvchining sababi yoki oqibati ekanligini aniqlashtirish usulidir.
#Oʼzbekiston moliya sektori banklarga asoslangan bo'lib,(umumiy moliya sektoring 90 foizi banklarga hissasiga to'g'ri keladi) banklarda davlat ulushi 81 foizni tashkil qiladi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar Instituti mutaxassislari tomonidan respublika hududlari iqtisodiyotidagi tafovutlar tahlil qilindi.
Dunyo miqyosida iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan bugungi kunda ishlab chiqarish faoliyati xorijiy mamlakatlar bilan bevosita bog‘liq, iqtisodiyotida tashqi savdoning ulushi yuqori bo‘lgan hududlarga bu beqarorlik kuchli ta’sir qilishi mumkin. Xususan, koronovirus pandemiyasi tufayli 2020-yilda hududlar iqtisodiyotidagi tafovut YaHMning aholi jon boshiga ulushi bo‘yicha 2019-yildagiga nisbatan 25% ga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning aholi jon boshiga ulushi bo‘yicha 17% ga ortdi. Bu tafovut 2021-yilga kelib, mos ravishda 3% va 11% ga qisqargan bo‘lsada, hozirgi mavhumlik sharoitida kelajakda hududlarni kompleks rivojlantirishni prognoz qilish hamda tabaqalashuv ortib ketishining oldini olish uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

2.1.2-rasm. AKTning jahon mamlakatlaridagi ulushi (%da).
PMTI ekspertlari AKT sohasini takomillashtirishning O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholadi
Yuqori tezlikda ulanish va internetdan foydalanuvchilar sonining joriy holatdan 10% ga oshishi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning 0,94-1,41% ga o'sishiga yordam beradi.
AKT omillarining taʼsiri va koʻrib chiqilayotgan mamlakatlarning demografik dividendlari oʻrtasida aniq bogʻliqlikni oʻrnatishning iloji boʻlmadi. Boshqacha aytganda, mamlakat aholisining o‘sish sur’atlari bilan AKT sohasi rivojlanishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Demak, AKT infratuzilmasi aholi sonining o‘zgarish dinamikasidan qat’i nazar, mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun: Tafovut deganda, hududlarning eng yuqori va eng past qiymatga ega ko‘rsatkichlari nisbati nazarda tutilmoqda.
Tadqiqotda 2016-2021 yillarda hududlar iqtisodiyotidagi tafovutlarning qisqarishi va ularning barqaror holatga yaqinlashishi Beta (β) yaqinlashish modeli vositasida tahlil qilindi. Ushbu neoklassik o‘sish modeliga ko‘ra, agar hududlar bo‘yicha yagona farq ular kapitalining boshlang‘ich darajasida bo‘lsa, kichik hajmdagi kapitalga ega bo‘lgan kambag‘al hududlar yirik kapitalga ega boʼlgan boy hududlarga qaraganda iqtisodiy jihatdan tezroq o‘sadi. Bu esa hududlar o'rtasidagi nomutanosiblikning kamayib borishini anglatadi.
Pandemiya iqtisodiyotining yangi shartlari
2021 – yil koronavirusga qarshi vaksina yaratilishi barchaga birdek umid baxsh etdi.
Biroq virusning yangi turi - Omicronning paydo bo‘lishi yana biroz xavotir hissini uyg‘otmoqda.
📚Epidemiya va xabardorlik
Oksford, Uorvik, Kobe va boshqa universitetlarning qo'shma tadqiqotlari infektsiyalarni to'xtatish uchun chora-tadbirlar samara berishi infektsiya xavfini jamoatchilik tomonidan to'g'ri anglab yetishi bilan bevosita bog'liqlikni aniqladi.
Bu o’rinda asossiz ma’lumotlarni yaratilishi va tarqatilishi maqbul qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi.
Baltimor Universiteti tomonidan olib borilgan ilmiy izlanish natijalari asossiz ma'lumotlar tarqalishi jahon iqtisodiyotiga $78 milliard dollar va qimmatli qog'ozlar bozoriga esa $39 millard dollarga teng zarar yetkazishini ko‘rsatdi.
Pandemiya va iqtisodiyot modeli
Pandemiya iqtisodiyotga salbiy ta’siri barcha tomonidan sezilmoqda va kutilmoqda.
Misol uchun, 2021 yiling dekabr oyida o’tkazilgan McKinsey Global So’rovnomasi da respondentlar iqtisodiy o’sishga eng katta risk omili sifatida pandemiyani keltirishgan. 2022-yil uchun Jahon Banki global iqtisodiy o’sish darajasi 5.5% dan 4.1% ga sekinlashishini prognoz qildi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar insituti ni makroiqtisodiy model bilan umumlashtirdi.
9 ta differensial tenglamadan tashkil topgan ushbu gibrid model asossiz ma’lumotlarning tarqalishi (misinformation), sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik (noncompliance) va boshqa omillarning iqtisodiyotga ta’sirini baholash imkonini beradi.
Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, vaksinatsiya va niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyena talablariga rioya etish hamda vaqtinchalik yakkalanish kabi profilaktika choralari ko‘rilmaydigan ssenariyda virusning yuqish tezligi (R-reproduction rate) 2,3 ni tashkil etishi mumkin.
Bu esa kasallangan har 10 kishi virusni o‘rta hisobda 23 kishiga yuqtirishini anglatadi.
Bu ssenariyda milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’ati prognoz qilingan darajasidan 0,85 ga past bo‘lishi mumkin.
Mazkur salbiy oqibatni bartaraf etish uchun virusning yuqish tezligi 2.3 dan kamida 1,6 ga tushishi kerak.Vaksinatsiya va niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyena talablariga rioya etish hamda vaqtinchalik yakkalanish qoidalariga to‘liq rioya etish, virus yuqish tezligini 1,6 va undan past darajagacha pasaytirishga imkon beradi.
Bu orqali odamlarning kundalik turmush tarzi va mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetmasligi mumkin.
Shu boisdan jamiyat, hukumat, korxonalar va aholi kelgusida ham pandemiya davridagi risk omillarini bartaraf etish uchun xabardor va uyg’un tarzda harakat qilmog‘i darkor.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling