Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet18/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

35- kazus
Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi OАTB «Hamkorbank» Qarshi filiali manfaatida iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Oqtosh Fayz Baraka» MChJ va uning garovga qoʼyilgan mol-mulkidan 27000000 soʼm kredit qarzi, 1997260 soʼm kredit foizini undirishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Apellyatsiya protestida daʼvogar daʼvo arizani imzolashda mexanik usuldagi faksimil imzodan foydalanilganligi sudlar tomonidan ushbu protsessual qonunbuzilishga huquqiy baho berilmaganligi bildirilib, birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo arizani koʼrmasdan qoldirish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi OАTB «Hamkorbank» Qarshi filiali manfaatida tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Oqtosh Fayz Baraka» MChJ va uning garovga qoʼyilgan mol-mulkidan 27000000 soʼm kredit qarzi, 1997260 soʼm kredit foizini undirishni soʼragan.
Biroq, daʼvo arizasini Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi oʼz qoʼli bilan imzolamagan, balki imzoni qoʼyishda mexanik usuldagi faksimil imzodan foydalangan.


36- kazus

«Shoh Jahon» fermer xoʼjaligi tumanlararo sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Oʼzagrosugʼurta» DАSK Doʼstlik tuman boʼlimidan 54 720 000 soʼm sugʼurta pulini undirishni soʼragan.


Sudning 2018-yil 13-apreldagi ajrimi bilan iqtisodiy ishi boʼyicha «Oʼzagrosugʼurta» DАSK javobgar sifatida jalb qilingan.
Birinchi instantsiya sudining 2018-yil 19-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan, «Oʼzagrosugʼurta» DАSKdan «Shoh Jahon» fermer xoʼjaligi foydasiga 54720000 soʼm sugʼurta puli undirilgan.
Apellyatsiya shikoyatida birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va «Oʼzagrosugʼurta» DАSK Doʼstlik tuman boʼlinmasini javobgarlikdan ozod etish soʼralgan.
Apellyatsiya protestida birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʼrish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, «Shoh Jahon» fermer xoʼjaligi, «Oʼzagrosugʼurta» DАSK Doʼstlik tuman boʼlimi hamda «Nurli Don» masʼuliyati cheklangan jamiyati oʼrtasida 2017-yil 3-fevral kuni ekinlardan kam hosil olish natijasida koʼriladigan moliyaviy zararni ixtiyoriy sugʼurtalash shartnomasi tuzilgan.
Mazkur shartnomaning 11.1-bandida sugʼurta shartnomasining shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʼgʼrisida» gi Qonunida belgilangan tartibda javobgar boʼlishi qayd etilgan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling