“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
«Asr stagnatsiyasi». Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, D.Rikardo XVIII-XIX asrlarda kuzatilgan foyda normasining pasayish tendentsiyasini tushuntirib berishga harakat qildi. Uningcha, jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi - bu esa aholining o’sishini rag’batlantiradi. Aholing o’sishi g’mon er uchastkalarini ishlashga majbur etadi va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshishini (demak, nominal ish haqining ham) va er rentasining ko’payishini keltirib chiqaradi. Shuning uchun tadbirkorlar er egasi va g’llanma ishchilarning daromaddagi hissasini (garchi bunda ularning real ish haqi oshmasa ham) ko’paytirishi kerak. Shunga muvofiq tadbirkorning daromaddagi ulushi kamayadi. Demak, foyda normasining pasayish tendentsiyasi xo’jalik rivojlanishining natijasidir, degan xulosaga keladi D.Rikardo. Bunday qonuniyat iqtisodiy o’sishning ob’ektiv chegaralarini keltirib chiqaradi: foyda normasining pasayib borishi bilan birga investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo’lgan qiziqish kamayadi. Iqtisodig’t ertami-kechmi o’z rivojlanishini to’xtatadi. Bunday prognoz T.Maltusning pessimistik qarashlariga o’xshab ketadi. D.Rikardo, «asr stagnatsiyasi» tendentsiyasini eng zarur bo’lgan tovarlar qiymatini pasaytirish tufayli sekinlashtirish mumkin, deb hisoblagan. Bunga texnika taraqqig’ti (mehnat sig’imini kamaytiruvchi va shu sababli mahsulot bahosini pasaytiruvchi) va chet mamlakatlardan erkin don olib kelish yo’li bilan erishiladi. Ammo uning tasdiqlashicha, texnika taraqqig’ti ham, jahon savdosi rivojlanishi ham taraqqig’tning umumiy mantig’ini buza olmaydi. 80 Qig’sli ustunlik nazariyasi. D.Rikardo birinchilardan bo’lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, balki mamlakatlar o’rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda, u qig’sli ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko’radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. Shu boisdan, qig’sli ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u g’ki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtsoslashishi kerak. D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni tayg’rlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Bu sharoitda Portugaliyaga vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali, garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham. Gap shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qig’sli ustunlikka ega bo’lgan, vino tayg’rlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’rinadiki, qig’sli ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling