“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

Iqtisodiy tsikllar. 
 
K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy tsikllar nazariyasini yaratgan emas. 
Uningcha, inqirozlar – bu «kapitalizmning asosiy ziddiyatlarining» namoyon 
bo’lishidir. Xo’jalikdagi anarxiya ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’mol 
strukturasi doimo mos kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojlanishning tsiklli 
xarakterda bo’lishi, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi kapitalistik 
iqtisodiyotga xos xislatdir. Markscha iqtisodiy tsikllar nazariyasi uning kapital 
jamg’arilishi tahlili asosida ko’rilgan. Tsiklli jarayon, K.Marks bo’yicha, 
yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo’lgan talab (jamg’arish 
sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik tugatiladi va ishchi kuchining 
nisbatan etishmasligi ish haqining oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va 
jamg’arish sekinlashadi. Kapital jamg’arilishi normasining pasayishi yalpi talabning 
kamayishiga va shunga muvofiq bozor kon’yukturasining pasayishiga olib keladi. 
Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi, ishsizlik esa qaytadan 
ko’payadi va u ish haqining pasayishini keltirib chiqaradi. Bu hol ishlab 
chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi, jamg’arishni qaytadan boshlash uchun 
sharoit yaratib beradi; inqiroz bir vaqtning o’zida ham buzadi, ham tuzatadi. 
Inqirozlar «hamma vaqt mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo’rma-zo’raki hal 
qilinishidan, zo’rma-zo’raki portlashlardan iborat bo’lib, ular buzilgan muvozanatni 
bir lahzada tiklaydi». Inqiroz tsiklni tugallaydi va yangi navbatdagi tsikl boshlanadi. 
Bu tsikl davri mobaynida innovatsiya va yangi ish joylarini tashkil etish bilan birga 
iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg’arish jarayonida foyda normasining pasayish 
tendentsiyasi va kapital qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining ko’payishi 
va ish haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat yuzaga 
kelguncha davom etadi. 
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofik tovarlar taklifi 
avtomatik tarzda o’ziga talabni keltirib chiqaradi Boshqacha aytganda, tovarlarni 
sotishdan tushgan daromad ularni sotib olish uchun xarajatga aylanadi. K Marks 
tovarlarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) aktlari makon va zamonda mos 
tushmasligini ko’rsatib berdi (tovar qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik bilan 
sotib olishga majbur emas, chunki uning o’zi nimanidir sotgan» Demak, yalpi 
xarajatlar yalpi daromadlardan kam bo’lganda ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
mumkinligi kelib chiqadi, ya’ni tsiklli rivojlanishga olib keladi. 
K.Marksning ko’rsatib berishicha, iqtisodiy tsikllarning moddiy asosi 
kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi hisoblanadi (har 5-10 yilda). 
Bunda texnika taraqqiyoti asosiy kapitalning ma’naviy eskirishi natijasida yangilanib 
turish muddatini qisqartirishi mumkin. Texnik kashfiyotlar va innovatsiyalar 
davriyligining xo’jalik jarayoniga bo’lgan ta’siri tahlili tsikllar nazariyasining keyingi 
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling