Iqtisodiy ta'limotlar


Valuta munosabatlari tahlili, jahon pulining


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

21.3.Valuta munosabatlari tahlili, jahon pulining 
yangi metall konsepsiyasi, "Suzib yuruvchi kurs" 
 
Iqtisodchi olimlar xalqaro valuta munosabatlariga alohida e'tibor beradi-
lar. Valuta bozorida milliy valuta chet el valutasiga (masalan, AQSH dollari, 
Meksika pesosi, nemis markasi, iyena yoki funt sterling) almashtiriladi. Al-
mashuv (valuta) kursi - bu chet el valutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. 
Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda o`zgarib turishi mumkin. Valuta 
kursini stabil (turg`un) qilish uchun to`lov balanslarining tengligiga erishish 
yo`li taklif etiladi. 
30-yillargacha to`lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil et-
ishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan "klassik" nazariya ustun 
mavqega ega bo`lgan. Bu g`oyaga ko`ra, oltinning xalqaro harakati va har bir 


340 
mamlakatdagi baholarning o`zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog`liq, 
oqibatda barcha mamlakatlarning to`lov balansi barqarorlikka intilish ten-
densiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko`pchiligi ne-
okeynschilik pozitsiyalariga o`tib oldilar ("Oltin standarti" XIX asrda va XX 
asrning ma'lum davrida amalda bo`lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 
yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQSHda 1934 yil dollarni oltinga aylan-
tirish tugatildi). Yangi sharoitda to`lov balansini tartibga solishda asosiy e'tibor 
davlatning hisob stavkasiga ta'siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga 
solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag`batlantirish, 
buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to`lov imkoniyatlari talabini pa-
saytirish (deflatsiya yo`li) yoki milliy valutani devalvatsiya qilish usuli taklif 
etiladi. 
60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz 
kechishga sabab bo`ldi, yana neoklassik yo`lga qaytildi, ya'ni davlatning iqti-
sodiy, shu jumladan valuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valutalar kursining 
erkin tebranishiga imkon berildi, bu esa o`z navbatida avtomatik barqarorlashu-
viga olib kelishi kerak edi. Ammo, valuta kursi o`zgarib turishining to`lov 
balansiga ta'siri cheklangan xarakterga ega bo`ladi (masalan, valutaning "suzib 
yuruvchi kursi" paytida bu narsa aniq bo`lib qoldi), chunki to`lov balansining 
barqaror emasligi muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita 
bog`liq. To`lov balanslari passivi davlatning chet eldagi harajatlariga, ayniqsa 
turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog`liq bo`ladi. Valuta kursining qalqib turi-
shining o`zi ham xalqaro valuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. So`nggi 
yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chegaralangan (fiksatsiya 
qilingan), ammo har holda tartibga solinadigan kursdan elastik (qayishqoq) val-
uta kursiga o`tib oldilar. Absolut elastik valuta kursida almashuv kursi valuta 
bozoridagi teng kuchli valuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chogida 
esa valuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan 
kurs bo`yicha xorijiy valutani har qancha miqdorda olish va sotish majburiyati-
ni o`ziga oladi. 
Valutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog`liq: 
1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo`lganda 
ichki baholarning o`sishi valuta kursining pasayishiga olib keladi (xarid qilish 
qobiliyati pariteti nazariyasi); 
2. Savdo oqimi bilan bog`liq omillar; masalan, eksport bozorining 
kamayishi yoki yo`qotilishi, defitsit, ya'ni valuta arzonlashuvini keltirib 
chiqaradi. 
3. Kapital oqib o`tishi. Mamlakat ichida foiz stavkalarining oshishi 
kapitalni jalb etadi va bu bilan milliy valutaning qimmatlashuvini keltirib 
chiqaradi. 


341 
Chegaralangan va elastik valuta kurslarini solishtirganda qaysi biri 
ustunligini aniqlash qiyin. Elastik almashuv kursi odatda, qisqa vaqt davomida 
turg`un bo`lmaydi, ammo uzoq muddatli rejalarda zaruriy elastiklikka ega 
bo`ladi. Aksincha, chegaralangan almashuv kurslari qisqa muddat uchun 
samarali, ammo uzoq kelajak uchun o`ta noelastikdir. Bu tizimlarning hech 
qaysisi narxlar barqarorligi va to`la bandlik bo`yicha to`la ustunlikka ega emas. 
Valuta kursining sun'iy ravishda yuqori bo`lishi ishsizlikka olib keladi, past 
bo`lishi esa inflatsiyani kuchaytiradi. 
Likvidlik (xaridorgirlik) muammosini hal etish borasida iqtisodchilar 
(J.M.Keyns, R.Triffin va boshqalar) "yuqori likvidlik boshqariladigan valuta" 
chiqarishni tushunadilar yoki xalqaro valuta munosabatlariga ichki qog`oz-pul 
munosabatini tartibga soladigan tamoyillarni qo`llashni taklif etadilar. Oxir-
oqibatda bu loyihalarning mohiyati shundaki, to`lov balans saldosi aktiv 
bo`lgan davlatlar to`lov balansi defitsit (kamomad) bo`lgan davlatlarga kredit 
berishga majbur qilishga qaratiladi. Shu maqsadda xalqaro valuta chiqarish 
taklif etiladi. Bu valuta qo`shimcha likvidli mablag`ni ta'minlaydi va passiv 
to`lov balansiga ega bo`lgan mamlakatlar bevosita aktiv saldoga ega bo`lgan 
davlatlarga murojaat etmasdan, o`z passivlarini qoplash imkoniga ega bo`ladi. 
Bu g`oya 1969 yilda amalda realizatsiya qilindi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling