Iqtisodiy ta'limotlar


Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
21.4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyoti to`g`risidagi g`oyalar 
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni 
sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo`linishi va boshqalar tufayli 
keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a'zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan 
buyon (1945 yil 24 oktabr) o`ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e'tirof etildi: 
BMT a'zolari soni 51 tadan 188 ga o`sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 
2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o`sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot 
(yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, 
ya'ni 4 martadan ko`proq o`sdi. 1995 yilning martida Kopengagenda BMT 
tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo`yicha xalqaro konferensiya 
bo`ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT 
Bosh kotibi B. Butros G’oliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo`yicha 
Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o`z nutqida so`nggi yillarda kambag`allar 
va boylar o`rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o`n 
yillikda 60:1 ga yetdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 Sayyoramizning 
1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og`ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda, 
ochig`ini aytganda esa och-yalang`ochdir. Bunday differensiatsiya xavfli 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda ekologik muammo 


342 
kuchayib bormoqda. Sog`liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), 
narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. 
O`zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi hammaga 
ayon bo`lishiga qaramay, davlatlar o`rtasidagi munosabatlar odatda garmoniya 
asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va 
kambag`al 
mamlakatlar 
o`rtasida 
savdodan 
tushadigan 
daromadlarni 
taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. 4-jadvalda jahondagi 
mamlakatlarda daromadlar taqsimoti keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari). 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling