Iqtisodiy ta'limotlar
Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
21.2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish
Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar fransuzlar pishlog`ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini J.Xiks 336 sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o`ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo`ladigan savol shundan iboratki, nega o`zi xalqaro savdo mavjud? Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo`li bilan ishlab chiqariladi. Ko`pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tari- flar, ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o`ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika xaridorlari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari o`z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar. Demak, bu yerda xalqaro hisob- kitob masalasi ko`tariladi. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo`jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham yetakchi o`rinni egallaydi. Shu sababli ularga bag`ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud. Tarixan birinchi bo`lib neoklassik ta'limotlar vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetesiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) asarlarida o`z aksini topgan. Ular o`z ta'limotlarida marjinalizm kon- sepsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, "kapitalning eng yuqori unumi" (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo`l- ko`lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning "mo`l-ko`lligi" yoki "kamligi" uning migratsi- ya sababi qilib ko`rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo`lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o`sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish da- rajasining tekislanishiga olib keladi. Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda shakllandi, F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to`lov balan- sining o`zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi bo`lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg`armalarning investitsiyalardan ko`pligi), passiv bal- ansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ro`y beradi. "Jamg`armalar"ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish uchun "jamg`armalar" hisobiga qo`shimcha tovar ek- sportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo, bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish yo`li bilan hal etilishi kerak. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling