Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Asosiy tushuncha va iboralar 
Neoklassik sintez ; Samuelson; inqirozsiz iqtisodiy sikl; Nobel mukofoti 
laureatlari; "Ekonomiks"; cheklangan resurs; o`sib boruvchi iste'mol; 
Ekonometrika evolutsiyasi; ekonometrika sohasidagi respublikamiz olimlari. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Neoklassik sintezning mohiyati. 
2.P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi asosiy g`oyalar. 
3."Ekonomiks" asarida qaysi olimlarning fikrlari tanqid qilinadi? 
4. Yangi yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlari. 
5.Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotlari qachondan beri topshiriladi? 
Bir necha mashhur laureatlarga xarakteristika bering. 
6.Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo`nalishlari qanday 
muammolarni hal etadi? 
7.Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini izohlab 
bering. 


332 
Dunyo savdo bilan obod bo`lur.
Amir Temur. 
21-BOB. JAHON XO`JALIGI TO`G`RISIDAGI 
IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, 
iqtisodiy jarayonlar to`g`risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo`lgan 
muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. 
Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo`jaliklarning 
yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma'lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq 
Buyuk ipak yo`li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O`rta 
Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u yerdan sotib olingan mollar 
boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir 
karvonda ko`p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo`lgan, 
yo`l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo`li XIV-XV asrlarda 
Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj 
olingan, karvon yo`llari qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo`l oxirida 
karvonsaroy bo`lgan, u yerda suv uchun quduqlar, sardobalar qurilgan, ot-ulov, 
yem-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan). 
Amir Temur "Dunyo savdo bilan obod bo`lur", degan fikr bildirgan, bu 
fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. Bobur 
Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar qilingan. 
Agradan Qobulgacha bo`lgan yo`l bo`ylab har 15 mil (1 mil q 1.6 km) 
masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo`yilib, ular xalqqa 
xizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., "Cho`lpon", 111-bet.) 
Jahon bozorining vujudga kelishi ko`pincha XV asr oxiri va XVI asr 
boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik 
kashfiyotlar tufayli Amerika qit'asi, ko`plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. 
Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi 
vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda 
bo`ldi va ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan 
tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo`jaligi, uning paydo 
bo`lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va 
mutaxassislarning diqqat markazida bo`lgan. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling