Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
I. Shumpeter
327 G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik K.Viksell, G.Kassel va boshqalar bu sohada muhim yutuqlarni qo`lga kiritdilar. 30-yillardagi tadqiqotlar asosan iqtisodiy sikl muammolari bilan bog`liq bo`lib, ular bu sikl sabablari va iqtisodiy kon'yunktura xarakterini aniqlashga bag`ishlangan. I.Fisher, R.Frish, M.Kaletskiy va ayniqsa Ya.Tinbergen bu sohada qator tadqiqotlarni o`tkazdilar. Niderlandlik olim Tinbergen ba'zi sikllar konsepsiyalarini iqtisodiy modellar yordamida tekshirishga urinib ko`rdi. U bunday sikllardan 1919-1932 yillardagi AQSH, 1870-1913 yillardagi Angliya va 1923-1937 yillardagi Niderlandiya iqtisodiy modellarini tuzib chiqdi: ular ahamiyatga ega bo`lmasa-da, matematik-statistik uslublarning rivojiga katta turtki bo`ldi. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, odatda o`zgaruvchilar yoki ularning logarifmlari orasidagi bog`lanish chiziqli bo`ladi, ya'ni ularning grafigi to`g`ri chiziq bo`ladi. Shunday tenglamalar yo`li bilan talab (narxlar, mahsulot hajmi, daromad, soliq va boshqalar), taklif, chiqimlar, import-eksport va boshqa funksiyalarni ifodalash mumkin. Ishlab chiqarish funksiyalari ham shu tipdagi tenglamalar guruhiga kiradi. Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, K.Arrou (AQSH)lar tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko`lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo`jaligi uchun ham tuzilishi mumkin. 30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn (AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko`p faktorli modellarni tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo oboroti, kapitalning ishlatilishi va jamg`arilishi, ishchi kuchi taklifi va boshqa o`zgaruvchilar o`rtasidagi statistik aloqadorlik o`z aksini topgan. Xalq xo`jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balans tipidagi modellardan foydalaniladi. Dastlab bunday model 1925-26 yillarda sobiq SSSRda P.I.Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi. Keyinchalik bu uslub V.Leontyev (asli rossiyalik, AQSH) tomonidan rivojlantirildi va moliya oqimlari tarkibini o`rganish uchun R.Frish tomonidan tadbiq qilindi. Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi G.A.Feldman (1928) tomonidan Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling