Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
E. Xeksher
335 Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixti- soslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg`un deb bo`lmaydi. Iqti- sodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarda ham gar- moniya bo`lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin. 60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani "tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtisodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qay- ta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqo- batbardoshlig`ini sinovchi sharoitning mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun industrial ba- zaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish sod- dalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi (eskirish) fazasi mazqur mahsulot o`rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo bo`lishi bilan bevosita bog`liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy mamlakat si- fatida AQSH misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsimotining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur etiladi. Ilmiy - texnik progressi bilan bog`liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchi- si Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo`yicha texnika progressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo`linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling