Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
B.Olin
337 Bu yo`nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizatsiya qi- lishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko`paytirish hisobiga ro`y beradi. Bu naz- ariya rivojlanayotgan mamlakatlarga "yordam" konsepsiyasini isbotlash uchun ham asos bo`ladi. 60-70-yillarda kapital chiqarishning "dinamik modeli" ommalashdi, un- da R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urinish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o`sishi, investitsion daromad va to`lovlar bilan bog`lashga intiladi. Unda neokeynschilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu vaqtning o`zida iqtisodiy o`sishning neoklassik nazariyasi ham hisobga olinadi. Bularning hammasi unlab o`zgaruvchi parametrlarni o`z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar aso- sida hal qilinadi. Masalan, amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday modelda 20 dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matematik apparat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini kompensatsiyalaydi. Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifatida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o`suvchi kapital miqdori o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, aksin- cha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat resurslaridan ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish ta'kidlanadi. Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chiqilgan bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish asosan yirik korpo- ratsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mamlakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan bog`liq. E.X.Chemberlin monopolistik konku- rensiya nazariyasini ishlab chiqdi, unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning shaxsiy talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir. Bevosita investitsiyalarni amalga oshiruvchi korporatsiyalar xuddi ana shunday monopolistik ustunliklarga ega bo`lishlari kerak. S. Xaymer - Ch. Kin- dlebergerlarning "oligopolik strukturalar" (monopolistik ustunliklar) modelida 338 bu jarayon korporatsiya investorda "differensiyalashgan mahsulot", maxsus bo- zor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali menejment mavjudligi tufay- li ro`y berar ekan. Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy va transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro monopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporatsiya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti mevalarini targ`ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli degan fikr ilgari suriladi, ya'ni u yoki bu korporatsiya ko`p mamlakatlarda ishlab chiqarish va kommersiya operatsiyalarini olib borayotgan bo`lsa, "sof xalqaro" korxonaga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoli- yalarning ilmiy-texnika yangiliklarini targ`ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga keng o`rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu transmilliy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika so- hasida, investitsiyalar qo`yish bo`yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi. Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo`lgan nazariyalar ham mavjud (R.Barnet -AQSH, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq solish, kredit va investitsion siyosat, valutani tartibga solish va boshqalarning samara- siz bo`lib qolishiga olib keladi. Bu korporatsiyalar o`zlari ish yuritayotgan davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy tazyiq o`tkazish uchun bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin. Ayniqsa bu holat iqtisodiy jihat- dan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy oqibatlarga sabab bo`lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular xalqaro korporatsiyalar faoliyatini shun- day qayta ishlab chiqishni taklif etadilarki, ularning harakatidagi "salbiy tomon- lar"ning yo`qotilishi va jahon bozorini bo`lib olish "qoidalari"ni reglamen- tatsiyalash kerak. Integratsion jarayon bo`yicha yagona alohida ta'limot yo`q, ammo inte- gratsiyani isbotlash, qo`llab-quvvatlash borasida bir qancha yo`nalishlarning ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir: kapitalistik iqtisodiy integratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxtalashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa davlatlar bilan olib bori- ladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik kapitalning kapitalistik integratsi- yaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roli bo`yab ko`rsatiladi. Odatda iqtisodiy integratsiya to`g`risidagi nazariyalarda integratsiyaga a'zo mamlakatlar o`rtasidagi barcha to`siqlar va ayniqsa savdo, boshqa iqtisodiy munosabatlarda to`la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu bilan birga 339 bozorning ko`lami va iqtisodiyotning o`sish sur'atlari o`rtasida funksional (ya'ni bevosita) bog`lanish bor degan g`oya ham ilgari suriladi. Shunday qilib, iqti- sodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning qayta ishlab chiqarishga hal qilu- vchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni aksincha emas). Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona itti- foqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar bekor qilin- ishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi joriy qilinishi kerak bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSH), V.Rebke (Shveytsariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin bozor munosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr voqealarini hozirgi monopolistik davrga ko`chiradilar. Boshqalari esa, masalan Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru (Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudlig- ini tan oladilar, ularning fikricha, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona ittifoqi" kartellarga qarshi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomon- larni neytralizatsiya qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo`nalishga ega. Amaliyotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da kartellashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan, bu jarayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya- konsernlar vujudga kelmoqda. Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning doimo o`sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqtisodiyotning doimo o`sishi tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi; ishchi va kapitalistlar o`rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakatlar o`rtasidagi qarama- qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiya kapital- istik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling