Iqtisodiy ta'limotlar


Daromadlar to`g`risida ta'limot


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Daromadlar to`g`risida ta'limot 
A.Smit kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasini baholashda 
fiziokratlarga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. U ishlab chiqarish vositalariga 
bo`lgan munosabatiga ko`ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va 
yer egalari. Har bir sinf o`zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, 
kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va oraliq 
guruhlar mavjudligini ham aniqladi va asosiy sinflar deb atalmish daromadni 
oladilar, barcha boshqa guruhlarning daromadi esa qayta taqsimlangan yoki 
ikkilamchidir. 
Ish haqi, ya'ni ishchining daromadi Smitning fikri bo`yicha mehnat 
mahsuloti bo`lib, mehnat uchun to`lanadigan tabiiy mukofot-dir, oddiy takror 
ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi 
bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. Oddiy takror ishlab 
chiqarishda "ish haqi" ishchining butun mehnat mahsulotiga teng. 
Smit ish haqi masalasini ilk klassik maktab vakili va fiziokratlaridan, 
ya'ni F.Kenye va V.Pettilardan boshqacharoq hal etdi. Ma'lumki, V.Petti 
tirikchilik uchun zarur bo`lgan minimum harajatlar nazariyasini ilgari surgan, 
fiziokratlar ham shunday fikrda edilar. Smit "tabiiy baho" tushunchasini 
ishlatgan va ish haqi tirikchilik uchun zarur minimum xarajatlardan ancha ortiq 
bo`lishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, 
ish haqi milliy boylik o`sishiga bevosita bog`liq degan fikrda edi. 
Smit ta'limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo`q, u kapitalist va 
ishchi o`rtasidagi munosabatda ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi. Ammo 
ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining 
qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to`g`risida gap borganda esa 
tirikchilik xarajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. U shuningdek, ish 
haqi miqdori o`zgarishining mexanizmini o`rganib, uning quyi chegarasi 
jismoniy tirikchilik minimumi bo`lish kerak, degan xulosa chiqardi. Agar ish 
haqi undan past bo`lsa, ishchilarning ommaviy qirg`ini ro`y beradi, Hindiston 
va Xitoydagi ishchilarning ish haqlari iqtisodiyotning tushkunlik yoki 
turg`unlik holatida jismoniy minimumga yaqinlashadi. 
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya'ni rivojlanish me'yorida yoki tez 
sur'atlar bilan borgan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori bo`ladi, undan 
tashqari ish haqi an'ana, madaniy saviya, tarkib topgan iste'mol me'yoriga ham 
bog`liq. Ish haqi miqdorining o`zgarishi bozor mexanizmining harakati asosida 
shakllanadi, uning o`zgarishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va 
taklifning tebranib turishi hisoblanadi. Smit jamiyatning uch holatini: 


152 
yuksalayotgan - progress, statsionar - turg`un va tanazzul - regressga uchragan 
holatlarini farqlagan. Birinchisida boylik ko`payadi va mehnatga talab-ehtiyoj 
ortadi. Statsionar holatda ishchilarning ahvoli og`ir, tushkunlikda esa ayanchli 
bo`ladi. 
Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot - progressga 
yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag`batlantiradi. 
U ish haqini oshirish mehnatga bo`lgan layoqatni kamaytiradi, ishchilarni 
dangasa qilib qo`yadi, degan g`oyalarga qarshi edi (buni V.Pettining fikrlari 
bilan solishtiring). Yollanma ishchilar aholining asosiy qismini tashkil etadi va 
bironta jamiyat, shubhasiz, agar uning asosiy qismi kambag`al va og`ir ahvolda 
bo`lsa, baxtli jamiyat bo`la olmaydi. Undan tashqari, oddiy mantiqiy adolat 
shuni ham talab qiladiki, butun xalqni boqayotgan, kiyintirayotgan va binolarni 
qurayotgan kishilar o`z mehnati tufayli yaratilgan boyliklardan ma'lum qismini 
olib, durustgina yashash uchun kerak bo`lgan mablag`larga ega bo`lishi zarur. 
Bizningcha, bu fikrga hamma yaxshilab e'tibor berishi kerak. 
Olimning 
davlat 
xizmatchilari, 
advokat, 
sudya, 
ruhoniy 
va 
o`qituvchilarning ish haqlari to`g`risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U, 
ayniqsa oliy o`quv yurtlarida "natijaga qarab haq to`lash"ning yo`qligini qattiq 
tanqid ostiga oladi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan 
o`qituvchi hech qachon to`la kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan 
manfaatdor emas. Lekin kam haq to`lash qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko`p 
maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi. 
A.Smit 
sohibkorlarga 
ishchilar 
sinfining 
qashshoqligi 
uning 
manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini uqtiradi va hatto foyda kamaygan holda 
ham ish haqi oshishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Jamoatchilik bu fikrga, 
ayniqsa keyingi paytlarda katta e'tibor berdi va Smitning o`gitlariga quloq soldi. 
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma ishchi 
mehnatiga to`lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqariladi. A.Smit 
qo`shimcha 
qiymat 
kelib 
chiqishining 
haqiqiy 
sababini 
aniqlashga 
yaqinlashgan, chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog`langan, bunda ishchi 
o`z mehnat samarasini kapitalist bilan bo`lishishga majbur bo`ladi. Bu holatda 
foyda yangi paydo bo`lgan qiymat bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga 
u hosil qilgan tovarning bir qismi tegadi, xolos. qolgan qismini kapitalist foyda 
sifatida oladi. Amalda foyda qo`shimcha qiymatdir. Fiziokratlardan farqli 
ravishda, A.Smit qo`shimcha mahsulot faqat qishloq xo`jaligida, iste'mol 
qiymatlarning ortishi hisobigagina emas, balki xodimning mehnati yaratgan 
yangi qiymatdir, degan to`g`ri xulosaga keldi (bu yerda ishlab chiqarish 
sohasining, ya'ni bu soha sanoatmi yoki agrar sohami, xizmatmi - ahamiyati 
yo`q). Ammo boshqa holatda u foydani boshqacha tushunadi: yer egasiga 
rentani to`lagandan keyin sanoat kapitalistida qoladigan daromad, pul kapitali 
egasi ssuda foizini to`lagandan keyin qoladigan daromad. Bu yerda foyda 


153 
xizmatchi kapitalistning korxona daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi 
foydani korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan boshqa ko`rinishdagi ish 
haqi deb e'lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani 
boshqarishdagi mehnatning miqdori va murakkabligiga emas, balki avans 
(bo`nak) qilingan kapitalning hajmiga bog`liq ekanligini ta'kidlaydi. 
Smit qo`shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo 
bo`lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital tufayli 
tug`iladi, deb o`yladi. Foyda normasining tekislanib borishini, o`rtacha foyda 
paydo bo`lishi jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga keladigan qarama-
qarshilikni ko`ra olmadi. Agar qo`shimcha qiymat to`lanmagan mehnat mahsuli 
bo`lsa, u kapitalga proporsional bo`la olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi 
"o`zgaruvchi kapital - qiymat - qo`shimcha qiymat"dan "yalpi avanslangan 
kapital - o`rtacha foyda - ishlab chiqarish bahosi" tizimiga o`tilganligini inkor 
etib, o`rtacha foydani qo`shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda 
Smit qiymatga kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati 
uchun to`lanadigan haq sifatida qaraydigan bo`ldi. Shu fikr bilan bog`liq 
ravishda u foizni to`lagandan keyin qoladigan foydaning bir qismi kapitalni 
qo`llash bilan bog`liq bo`lgan mehnat va tavakkalchilik uchun to`lanadigan 
mukofot ko`p hollarda arzimas mukofot yoki haq deb gapira boshladi.
Smit foyda normasi va foizning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va 
"millatning ravnaqi" ko`rsatkichi deb xarakterladi, ammo foyda normasining 
pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy davlatlarda kapital 
ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda normasi pasayishiga sabab deb ko`rsatdi.
Smit sohibkorlarni progressiv ilg`or sinf deb hisoblaydi, chunki u 
kapital jamg`arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. 
U yirik yer egaligini qo`llab-quvvatlamagan, yer rentasi - yer egasining 
daromadini foyda kabi ishchining mehnat mahsulotidan chegirilgan qismi, deb 
tushuntirgan. Smit rentani ijara haqidan ajratgan va rentaning yerni yaxshilash 
uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo`q, deydi, chunki bu yaxshilashni 
ko`pincha ijarachi qoplaydi. Ammo ijara shartnomasi yangilanganda yer egasi 
rentani oshiradi, yerni yaxshilash go`yoki uning hisobiga amalga oshirilgan 
bo`ladi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy ta-biati ochib 
beriladi. Yer kapital kabi o`zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi turadigan 
moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka aylangach, xodim, ya'ni ishchi 
o`z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga qaytarishga majbur. Renta 
yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi paydo bo`lishining oqibatidir. Yer 
unumi va joylashuvining turli bo`lishi ham rentaga sabab bo`lishi mumkin, 
deydi Smit. Ammo absolut va differensial renta tushunchasi unda bo`lmagan 
(absolut renta yerga xususiy mulk bo`lgandagina paydo bo`ladi, differensial 
renta esa har doim mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta'siri ham 


154 
e'tiborga olingan. Bu variantda rentani hosil qilishda qishloq xo`jaligi ishlari va 
ishchi hayvonlari ishtirok etadi. Dehqonchilik kapital qo`yish uchun eng 
foydali, samarali soha deb hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada, 
deb noto`g`ri o`ylagan. Uning renta to`g`risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, 
lekin ular masalani o`ta chalkash va noto`g`ri talqin etadi. Pettining rentani 
Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot isbotladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling