Iqtisodiy ta'limotlar
-BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich)
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
8-BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich)
8.1. Klassik maktab g`oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to`la shakllanishi XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga ko`tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y berayotgan edi. Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal qilu- vchi o`rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo`jaligi va tez o`sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo`lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. XVIII asr o`rtalariga kelib Angliyada amalda dehqonlar, ya'ni yomenlar sinfi chegaralash agrar islohoti tufayli tarix sahnasidan tushdi. Kapitalning dastlabki jamg`arilishi natijasida hosil bo`lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, ayniqsa noekvivalent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi, bosqinchilik urushlari va boshqalar) tobora ko`p miqdorda sanoat va qishloq xo`jaligiga qo`yila boshladi. Yirik markazlashgan manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Agar XVIII asr boshida mamlakat hali agrar ho- latda bo`lsa, sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi tobora tez o`sib bordi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko`paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og`ir bo`lib, qattiq eksplu- atatsiyaga duchor qilindi. Manufakturalar soni tez oshib borgani bilan ichki va tashqi bozordagi o`sib borayotgan mahsulotlarga bo`lgan talab to`la qondirilmas edi, taklif esa yetarli emas edi. Asr o`rtasida Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufak-turadan fabrikaga o`tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mam- lakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo`ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to`sqinlik qi- lar edi. Hali kam sonli savdo va sanoatdagi sohibkorlar sinfi bu davrda progres- siv o`zgarishlar tarafdori edi, ammo ekspluatatsiya usullari ishchilar sinfining 140 qarshiligiga uchray boshladi. Undan tashqari, yangi o`zgarishlarga hali ancha kuchli va uyushgan dvoryanlar sinfi ham to`siq edi. Angliya sanoati egalari er- kin sohibkorlik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qilardi. Shu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usulini ilmiy jihatdan to`la tahlil qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi. Shunday qilib XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g`oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g`oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida o`z aksini topdi. Bu tadqiqotlar aslida sohibkorlar mafkurasini himoya qilgan bo`lsa ham, bu mafkuraning apologetlari (ko`r-ko`rona ataylab yoqlovchilari) emasdilar, ular o`z asarlari va yaratgan ta'limotlarida bu tuzumning barcha faoliyatini to`la-to`kis ma'qulla- madilar, uni bo`yab ko`rsatishga urinmadilar, bu jamiyatdagi ilg`or tomonlarni ko`rsatish bilan birga undagi ko`pgina qarama-qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning ahvoliga achinish, rahm-shafqat va xayri- hohlik munosabatida bo`lganlar. Ular tomonidan yaratilgan ta'limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo`ldi va jahon iqtisodiyot fikriga katta ta'sir ko`rsatdi. Bu olimlar o`zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fizi- okratizm g`oyalarini mukammal o`rganib, shular asosida yangi iqtisodiy mak- tabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqti- sodiyoti asosini yaratdilar. Klassik maktabning to`la shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol o`ynadi (bu ibora muomalaga 75-80 yil ilgari taniqli tarixchi A.Toynbi tomonidan kiritildi va Toynbining o`zi buni 1760 yilda Shot- landiyadagi yirik Kerron metallurgiya zavodining ishga tushishi bilan bog`laydi). R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko`ra shu davrda bozor ja- miyati ("рыночное общество") vujudga keldi (bozor iqtisodiyoti avvaldan mavjud). Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida an'ana- lar hokimiyati va buyruqlar doim ustun bo`lgan. Bozor tizimida esa barcha erkin bozor talablari doirasida sohibkorlik bi- lan ixtiyoriy shug`ullanadilar, an'analar yoki kimlarningdir buyrug`iga bo`ysungan holda ish yuritmaydilar. Bu tizimda odamlar ish tanlashda to`la erkinlikka ega bo`libgina qolmasdan, ishni ham o`zlari qidirishi kerak. Bunga qarama-qarshi bo`lgan jamiyatda qullar yoki an'analar bilan cheklangan hunarmandlar oldindan o`zlarining ma'lum vazifalarini bajarganlar va uni o`zgartirish juda katta qiyinchiliklarni tug`dirgan. Bozor tizimida har bir inson yerni erkin sotib olishi yoki sotishi, ferma esa o`z navbatida osonlik bilan savdo markaziga aylanishi mumkin. Bu tizimda kapital bozori paydo bo`ladi va ishlab chiqarishda doimo boylik oqimi, ya'ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan tashkil 141 etiladigan jamg`arma va investitsiyalar oqimi vujudga keladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun foiz to`laydilar. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sarflari, yer va kapitallar ishlab chiqarish faktorlari (omillari) deb ataladi (bu masalalar keyinroq qarab chiqiladi). Kapitalizmgacha ishlab chiqarish faktorlari umuman bo`lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, shuningdek yer va ishlovchilar san'ati doim bo`lgan, ammo mehnat, yer va kapital tovar emas edi. Mehnat krepostnoy yoki qullarning ijtimoiy vazifasiga aylanib, bu mehnatga haq to`lanmagan. Krepostnoy dehqon undan tashqari o`z xo`jayiniga yerdan va qurol-yarog`dan foydalanganligi uchun obrok to`lagan. Yer harbiy yoki fuqarolik hokimiyatining asosi hisoblangan. Kapital xazina yoki hunarmandlarning asbob-uskunalari sifatida qaralgan va u bozor bahosiga ega bo`lmagan. Kanday qilib haq to`lanmaydigan mehnat, renta puli keltirmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish faktoriga aylanib qoldi? Bu kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog`liq. Bu o`zgarishlar tarixan uzoq davrni (XV-XVI asrlar) o`z ichiga olib, ba'zida asta-sekin, ba'zan esa to`fon ka- bi o`rta asrlarning urf-odatlarini yemirib bordi va jamiyatni hozir biz biladigan bozor jamiyatiga olib keldi. Ayniqsa Angliyada bu jarayon ertaroq boshlandi va biz yuqorida eslatgan dehqonlarni shafqatsizlik bilan o`z yerlaridan siqib chiqarish yo`li bilan amalga oshirildi. Asosiy maqsad bu yerlarni lendlordlarga berish va yaylovga aylantirib, qo`y boqish, uning junidan manufakturalarda ma- to to`kish edi. O`z yerlaridan mahrum bo`lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u yerda o`z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar. Fransiyada ham shu kabi o`zgarishlar ro`y bera boshladi, demak, bun- dan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor jamiyati uchun hayotiy zarur bo`lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy o`zgarish-lar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mehnat tovarga aylandi, avloddan avlodga meros bo`lib o`tadigan yer ko`chmas mulk bo`lib qoldi va uni sotish, sotib olish mumkin bo`lib qoldi, xa- zina esa kapitalga aylandi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba'zilar uchun yutuq, ko`pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Ko`tarilayotgan savdo sohibkorlar uchun yangi hayotga yo`llanma va yangi ijtimoiy holat bo`lsa, kambag`allar sinfi uchun esa o`z holatidan chiqib olish uchun imkoniyatdir, chunki avvalgi holatda bunday asos yo`q edi. Lekin iqti- sodiy erkinlikning muhim tomoni yana shuki, unda har kim birovning hech qanday yordamisiz hayot girdobida yashash uchun kurashishi kerak bo`ladi. Ko`pincha savdogarlar va boshqa xodimlar bu to`fonda o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketadi. 142 Shunday qilib, bozor tizimi bir tomondan turli qiyinchilik, ishonchsizlik, azob-uqubat sababi bo`lsa, shu vaqtning o`zida taraqqiyot, imkoniyat va yutuqlar manbayi hamdir. XVIII asrning ikkinchi yarmida "Texnik yo`nalishda"gi ishbilarmonlar guruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi. Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to`qimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. J.Key to`quv mokisini, 1733 yilda J.Xargrivs o`z qizining nomi bilan atalgan "Jenni" mexan- ik to`quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton "mul-mashina"ni yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to`quv stanogini ijod qildi, bu dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to`quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi. Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo`l va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug` mashinasi ixtiyoriga o`tishi muhim o`zgarish bo`ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug` kemasi-paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul temir yo`li qurildi. Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako`mir o`rniga tosh- ko`mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko`proq miqdorda metall olish yo`lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko`prik, quvur va hatto paroxod ham metalldan bo`lishi kerak, degan g`oyani ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim ishonmadi. Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o`zgarishlarga olib keldi. 1701-1802 yillar oralig`ida to`qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o`sdi. 1788-1838 yillarda cho`yan erit- ish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi. Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, tosh- ko`mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko`paydi. Vaholanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o`rnida ishlatilgan. Bu o`zgarishlar, ya'ni texnikaning kirib kelishi buyum - tovarlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlargagina tegishli bo`lgan narsalar (poyafzal, qog`oz, stul, deraza oynalari) kundalik buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm hayot darajasining o`sishiga olib keldi, moddiy ne'matlar turi sistematik rav- ishda doimo ko`paydi, sifati yaxshilandi, eng muhimi bu imkoniyatlardan ja- miyatning aksariyat qismi foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech ham bo`lmagan edi. Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolut ko`rsatkichlari texnika ta'siri ostida keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda qo`llaniladigan asbob- uskunaning ko`payishi, asosan temir, keyin pulatdan yasalgan texnologiyalar ortishi bilan boshlandi. Temir oluvchi oddiygina pechlar o`rniga gigant inshoot- 143 lar paydo bo`ldi, oddiy to`quv dastgohlari ham katta uylarga zo`rg`a joylanadi- gan mexanizmlar bilan almashtirildi. Agar avvalgi korxonada bor-yo`g`i 10 kishi ishlagan bo`lsa, XIX asrn- ing birinchi choragida to`qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi bo`lgan. Ayrim korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga tenglashdi. Ma- salan, 1929 yil "Ford-Motor Kompani"da 174 ming odam ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga yetgan. Mehnat taqsimoti nihoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy sababidir. Siyosiy sohada ham muhim o`zgarishlar ro`y berdi, demokratik, par- lamentar institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o`tish kerakki, bu inqilobiy o`zgarishlarni hamma ham to`la tushunib yetmadi. Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni ko`rgani holda manufakturani qo`lladi, Angliya kelajagi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq deb o`yladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling