Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
A.R.J.Tyurgo
132 boshqacharoq talqin etiladi, aslini olganda bu yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof in'omidan dehqon mehnati bilan yu- zaga keladigan ortiqcha mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer egasi tomonidan o`zlashtiriladi. Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarning bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotuvchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos kelmas edi. Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, fiziokratlar ja- miyatni uch sinfga bo`ladilar. A.Turgo esa jamiyatni sinflarga boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga bo`ladi: birinchisiga tad- birkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans, ya'ni bo`naklari yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo`lib (ishchilar), ular o`z qo`l kuchlari hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Turgo ish haqini V.Petti va F.Kenye kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablag`lar asosida hal etadi, ammo Kenyedan farqli rav- ishda nega shunday bo`lishi kerakligining mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo`ladi. Uning asosiy dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib bo- radi, ishchilar o`rtasida raqobat boradi. Xuddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki razryadga ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Fransiyada bu sinflar mavjud edi. Demak, A.Turgo bo`yicha jamiyatda besh sinf mavjud, bu haqiqatga yaqindir. U yollanma ishchida qo`l kuchidan boshqa ishlab chiqarish vositalari yo`qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o`z mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko`rsatadi. A.Turgoning bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta'siri bor, chunki u Kenyedan keyinroq yashadi. Turgoning ta'limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari tahlil etiladi. Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa, boshqa to- varlar kabi o`z qimmatini (foydalilik- naflilik) yo`qotishi mumkin (marjinalistik g`oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xiz- matlarga mos kelishi shart. U shuni qayd etadiki, "milliy boyligi" bu avvalo yerlar va ulardan olinadigan "sof mahsulot"dir. 133 Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo`llaydi. Noyob- likka e'tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb qaraladi (marjinalizm mavzusiga qarang). A.Turgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo`llab-quvvatladi, dehqonchilik qo`shimcha, ya'ni sof mahsulot manbayi ekanligini (bu fikr Kenyeniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko`p e'tibor qiladi. U kapitalni Kenyega nisbatan ancha chuqur va to`la tahlil etdi. Kenye kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo`naklar summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o`rtasidagi mahsulotlar taqsimoti muammosi bilan chambarchas bog`lanmagan. Kenyening tizimida foyda o`rni yo`q; kapitalist faqat "ish haqi olgan", bu "ish haqi"ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan. Bu sohada A.Turgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o`ta olmaydi, hatto to`g`ri tuyg`u asosida uni tadqiq etishni sanoat kapitalistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi haqiqatdan ham aniqroq ko`rinadi, vaholanki boshqa fiziokratlar (Kenye ham) "barcha ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi" degan noto`g`ri aqidaga asoslanadilar. U o`z ustozlari va maslakdoshlaridan "tabiiy tartib" konsepsiyasini buzayotganligi uchun kechirim ham so`rab qo`yadi, chunki u tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo uning uzri noo`rindir, aksincha u muammoni yechishga to`g`ri yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist o`z kapitalidan kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer egasiga berishi kerak bo`lgan ma'lum ortiqcha (qo`shimcha)ni ham olishi kerak. Eng ajoyib teorema 62-tezis bo`lib, unga ko`ra ishlab chiqarishga qo`yilgan kapital o`z-o`zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo`sh, o`z- o`zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi? A.Turgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo`ladi (aslida kapital emas, balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratuvchidir). Avvalo, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, ishchilarning ish haqini qoplashi kerak. qolgan qismi (aslida qo`shimcha qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo`lib, kapitalist pul kapitalining egasi sifatida "hech qanday mehnatsiz" olishi mumkin bo`lgan daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati, tavakkalchiligi va san'atini" to`lashga sarf etiladi. Bu tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, aslida A.Turgo sanoat foydasining ssuda va funksional kapitalga bo`linishini ko`rsatib berdi. Agar pul foizi past bo`lsa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati hamdir, deydi u. 134 Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band kapitalistlar uchun mavjuddir. So`zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan yangicha g`oyadir. Ammo, olimning keyingi fikrlari izchil bo`lmay, yana fizio-kratizm qobig`iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum bo`lib, unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega. Agar kapitalist idorasida xotirjam o`tirmasdan fabrikaning faoliyatiga yoki qishloq xo`jaligida batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga ma'lum qo`shimcha, o`ziga xos maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operatsiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga topshirishdir. Endi qo`shimcha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo`lib qoldi, qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer yaratadigan "ish haqida o`tirgan" bo`lib chiqadi. Yuqorida aytilganidek, A.Turgo nazariyotchi olim bo`lishdan tashqari amaliyotchi chinovnik edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya vaziri bo`lib ham ishladi, o`zining bir qancha ilg`or g`oyalarini ilgari surishga intildi. U birinchi bo`lib davlat moliyasini sog`lomlashtirishga harakat qildi, bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko`ra yer egaligidan tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilishi kerak edi. Umuman u sanoat va savdodagi odil bo`lmagan soliqlarni tartibga solishga kirishdi. U budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan saroy xodimlarining ortiqcha sarf- harajatlarini keskin kamaytirish mo`ljallandi va bu sohada ma'lum yutuqlarga erishildi. A.Turgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo`ydi. Bu ishlar nihoyatda og`ir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli edi, bu kuchlar yangilikka tish-tirnogi bilan qarshi turdi. A.Turgo 1776 yilning 12 mayida (yilga e'tibor bering, shu yili A.Smitning "Xalqlar boyligi" asari chop etildi) iste'foga chiqishga majbur bo`ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor etildi, demak, hali ularni amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud emas edi. Nazariyot va amaliyot bir yoqadan bosh chiqara olmadi. 1778 yili A.Turgo amerikalik do`sti Franklinga atab o`zining so`nggi iqtisodiy asari bo`lgan "Soliqlar to`g`risidagi esdaliklar"ini yozadi. Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776 y qimmatga oid subektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog`liq. Bu baho esa bizning talab - ehtiyojlarimizga bog`liq: baho ana shu talabga qarab yo ortadi yo pasayadi. Narsalarning qimmati uning noyobligi bilan oshadi va mo`l-ko`lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil avval aytilgan bu g`oya XIX asr 70-yillaridagiga 135 marjinalistlar tomonidan isbotlandi. Istisodchilar butun asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat'iy nazar substansiyasi (obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu kashfiyot tufayli fiziokratlarning savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, chunki almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g`oyalarini chippakka chiqardi. Aksincha, bozorga unga kerakmas buyum bilan kelgan xaridor o`ziga ko`proq foydali boylikni olib qaytadi, ya'ni kamroq nafli narsa o`rniga ko`prog`i olib ketadi, deb ta'kidlaydi olim (bu fikrlar "Marjinalizm" bobida to`la qaraladi). Shu yerda xalqimizning maqollarida ham shunday g`oyalar allaqachon mavjudligini aytib o`tmoqchimiz. Masalan, "Oldingdan oqqan suvning qadri yo`q", "Shakarning ozi shirin", "Bemaza qovunning urug`i ko`p bo`ladi" va boshqalar. Bu g`oyalar to`g`riligini marjinalistlar isbotlab berdilar. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling