Iqtisodiy ta'limotlar
F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Kenye
7.2. F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi.
Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g`oyalar (1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy dara- jasiga erishdi, 1752 yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening iqti- sodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv iqtisodiy infor- matsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi foydala- nib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va Fransua Kenye 123 suhbatdoshi bo`lgan edi. Didro va D`Alamber tomonidan chop etilgan "qomus"da F.Kenyening dastlabki iqtisodiy maqolalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar" paydo bo`ldi (1756-1757yy). 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - "Iqtisodiy jadval" kitobi dunyoga keldi. F.Kenye bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta'ri- flab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Turgo (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fizi- okratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qi- lib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchi- lar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yil- lariga to`g`ri keladi. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti sifati- da qaraladi. Shu bilan birga, xalq xo`jaligi tarmoqlarining o`zaro chambarchas bog`liqligi deyarli e'tiborga olinmaydi F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo`llab- quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaral- gan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). F.Kenye almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U al- mashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sha-roitida almashuv so- hasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan fikri noto`g`ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to`g`risidagi ta'limot mekantilistlarning qarashla- rini inkor etish uchun nazariy asos bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fizi- okratlardan boylik manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo, F.Kenye miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. 124 Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sano- atda esa iste'mol qiymatlari faqat turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat ja- rayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning miqdori ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va boy- lik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor). A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu sinfning borlig- ini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa bu sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi. Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy soha, ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (iste'mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan dehqonchilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo F.Kenye ta'limotining boshqa tomoni ham bor, uning fikricha "sof mahsulot" miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, bu chiqimlarga xom ashyo sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilanganligi tufayli, ish haqi tirikchilikning mini- mum harajatlariga keltirilgan ekan, "sof mahsulot" (qo`shimcha qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fizi- okratlarda qo`shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi hamdir, ya'ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati na- tijasidir, deb qaraganlar (qo`shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlarning bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushun- maslikdan va qiymat tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to`la iste'mol qilingan. Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to`g`risidagi ta'limoti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot bilan chambarchas bog`liq bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya'ni qo`shimcha qiymatni yara- tadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to`g`risidagi masalaga prinsip- 125 ial to`g`ri yondashish yo`li edi. Ammo renta qo`shimcha qiymatning yak- kayuyagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan- bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir. F.Kenye "sof mahsulot" to`g`risidagi o`z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo`ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot" yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari "sof mahsulot" yarat-maganligiga qaramasdan, shu bilan birga bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof mahsulot" yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to`g`risidagi bu ta'limotning asosiy kam- chiligi shuki, F.Kenye yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bilmaydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o`sha davrda kam bo`lsa ham, pro- letariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan bur- jua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralma- gan edi. Sinflar to`g`risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'i nazar, ja- miyatni sinflarga bo`lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asosla- rini ko`rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi. Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita "kapital" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlabki avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq bel- gilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g`oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o`sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga aso- siy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo`llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar, mol, urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kenye merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb 126 hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo`lmagan kategoriya deb ko`rsatiladi. Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, bunda kapitalning (obo- rot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga qishloq xo`jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq xo`jalik ishlari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga sarflangan kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to`la aylanadi. Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kenye kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo`lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to`g`ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fizi- okratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar. F.Kenye iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko`rsatish uchun birinchilardan bo`lib urinib ko`rdi. U o`sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo`ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu ja- rayon sxematik ravishda "Iqtisodiy jadval"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko`rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi. "Iqtisodiy jadval"ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 1758- 1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Bi- rinchi variant bo`yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro`y beradi. qishloq xo`jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo`lib, shun- dan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat "boshqarish 127 uchun haq olganliklari" sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to`lanadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling