Iqtisodiy ta'limotlar


 mlrd  Ishlab chiqarish  vositalari  1 mlrd  1 mlrd  Qishloq xo`jalik mahsulotlari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
1 mlrd 
Ishlab chiqarish 
vositalari 
1 mlrd 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 
 
 
7.2-chizma. F.Kenyening iqtisodiy jadvali (2-variant) 
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik model-
lashtirishni amalga oshirgan edi. 
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi. 
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo 
bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanish-
iga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval". 
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar 
to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") 
ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi 
sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati 
yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenyening 
jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar va pul holidagi 
moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar bo`lajak iqti-
sodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi. 
Pul 
Pul 
Pul 
Pul 
Pul 


131 
7.3. A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti 
 
F.Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomoni-
dan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Kenye shogirdi yoki 
davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug`ildi, 
Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 
1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 1761-1774 yillarda Limojda in-
tendant (harbiy qismda xo`jalik mudiri), 1774-1776 yillarda moliya bosh 
nazoratchisi, qirol Ludovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha anti-
feodal islohotlar o`tkazdi (don savdosidagi cheklashni yo`q qildi, savdo gild-
iyalarini tugatdi...), ammo bu o`zgarishlar Turgo iste'foga chiqqach, bekor qi-
lindi. U ham F.Kenye singari Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari 
tomonidan chiqarilayotgan "qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar 
yozdi. 
A.Turgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Vensan Gurne katta rol 
o`ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning mamlakat 
ravnaqidagi rolini to`g`ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashhur laissez 
faire, laissez passer (bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot davlat aralashuvisiz 
rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi tomonidan ilgari suril-
gan degan fikr bor. U boshqalar qatori hunarmandchilikdagi sex cheklashlariga 
qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo`llab-quvvatladi. 
A.Turgo V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida ko`p 
bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p sohalarda 
boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan. 
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 
yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etilgan) "Boy-
likning paydo bo`lishi va taqsimlanishi to`g`risidagi 
mulohazalar" asarida nisbatan to`la yoritilgan. U Kenye 
fikrlarini faqat targ`ibot qilish bilan cheklanmadi, uni 
rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosaba-
tlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar 
o`tkazish yo`li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga 
ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm 
kobig`ida vujudga keladi va g`alaba qiladi degan 
g`oyani ilgari surdi. 
Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik sifat-
ida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi qoidalar 
aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq 
uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik g`oyalar majmuidan ibo-
rat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof mahsulot" nazariyasi F.Kenyedan 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling