Iqtisodiy ta'limotlar


Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot. 
Mehnat unumdorligi - bu qayta ishlanayotgan material qiymatining 
oshuviga olib keladigan mehnatdir. 
Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda 
qiymatning manbayi u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi sohada 
bo`lishining farqi yo`q, balki umuman mehnat ekanligini ko`rsatib berdi. 
Smitning fikricha, qiymat va foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan 
yaratiladi. 
Avvalo kapitalga almashuvni, ya'ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb 
e'lon qilinadi, maqsadidan qat'iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati 
unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi 
shundaki, birinchisi kapitalga almashsa, ikkinchisi daromadga almashtiriladi. 
Bu tushunchadan boshqa fikr ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik 
ravishda qaralib, tarixiy bo`lmagan hamma davrlarga xos kategoriya deb 
tushuniladi. Moddiy bo`lmagan ishlab chiqarishning hammasi unumsiz mehnat 
deb qaraladi, masalan, xizmat sohalari. Unga davlat chinovniklari, armiya, flot, 
shuningdek, ruhoniy, huquqshunos, vrach, yozuvchi, har xil aktyorlar va 
boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan toifa 
vakillari qo`shiladi. Demak, tovarda o`z aksini topgan mehnat unumli, xizmat 
sohalari unumsiz mehnat bo`lib chiqadi. Smitning tasdiqlashicha, davlat 
daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta'minlash uchun sarf 
bo`ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkon 
boricha kam bo`lish kerak, deydi u. 
 
Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari. 
A.Smitning kapital va takror ishlab chiqarish to`g`risidagi nazariyasida 
ancha katta ziddiyatlar mavjud. U ba'zida kapitalga to`g`ri baho berib, kapital 
yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish tufayli foyda keltiruvchi qiymat, deydi. 
Boshqa hollarda masalaga tarixdan tashqarida turib qaraladi va kapital bu ishlab 
chiqarish vositalari zahirasi (zapasi) bo`lib, ishlab chiqarish jarayonini davom 
ettirish uchun kerakli deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo`jaligida 
ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan bo`lsalar, Smit sanoat kapitalini ham 


155 
unumli deb uqtiradi (bu uning progressiv tomoni). U savdo kapitali ham unumli 
deb hisoblaydi, chunki u sanoat kapitaldan ajralib qolgan emas, balki moddiy 
ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo`shimcha qiymat - savdo foydasining 
manbayi. 
Oddiy tovar xo`jaligida kapital kategoriyasi yo`q. Kapital jamg`arish 
jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e'lon qilinadi. Unda asosiy rol 
tejamkorlikka qaratiladi, noo`rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof 
qilish, ya'ni buromadning daromaddan ortiqcha bo`lishiga qarshi bo`lgan (bu 
g`oyalar hozirda ham nihoyatda dolzarbdir). 
Kapitalistlar tomonidan yollanma ishchilarning qo`shimcha mehnat 
natijalarini o`ziniki qilib olish ijtimoiy xodisa bo`lib, ishlab chiqarishni 
kengaytirish maqsadida fond yaratish uchun zarur deb hisoblanadi. Kapitalning 
jamg`arilishi doim va cheksiz ro`y beradi, bu jamiyat uchun foydali ish deb 
baholanadi (bu investitsiyalar uchun asos bo`lib xizmat qiladi). 
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zahira kerak 
ekanligi to`g`risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi tushunchaning 
boshi edi, bu atamalarni ham u kiritgan. Fiziokratlar (F.Kenye) boshlang`ich va 
yillik avans (bo`nak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga qo`llagan 
bo`lsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan qat'iy nazar barcha 
amaldagi kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital deganda 
tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu 
kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar qo`lidagi oziq-ovqat, 
materiallar va tayyor buyumlar hamda ko`rsatilgan taqsimlash va muomalaga 
kiritish uchun kerak bo`lgan pullar ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital 
doimo muomalada bo`lishi kerak. 
Savdo-sanoat maqsadlari uchun mo`ljallangan mashina va mehnat 
qurollari, yerni yaxshilash (tozalash, drenaj qilish, o`g`itlash va boshqalar) 
uchun ajratilgan narsalar jamiyat barcha a'zolarining o`zlashtirgan va foydali 
qobiliyatlari asosiy kapitalga tegishli deb hisoblangan. Shunday qilib, Pettidan 
keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlarning mehnat malakasi va qobiliyatini 
qo`shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital 
deb e'lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo`lib qoladi (ishchi har doim 
ham foyda egasi bo`la olmaydi, uni kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va 
aylanma Y kapitalni solishtirib, ular o`rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, 
birinchi S bir egadan ikkinchisiga o`tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, 
ikkinchi Y esa egasi qo`lidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va 
foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma 
(oborot) kapital esa doimo muomalada bo`ladi. 
Haqiqatda asosiy va aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki 
ko`rinishidir. Ular bir-birlaridan qiymatlarining aylanish usullari bilan farq 
qiladi. Asosiy kapitalning qiymati konkret mehnat bilan bo`laklar bo`yicha 


156 
ishlab chiqaruvchi tovarga ko`chiriladi, aylanma kapitalning qiymati esa 
to`laligicha shu tovarga o`tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o`zgaruvchan 
kapitalga bo`lish masalasi Smitga noma'lum bo`lib qolaverdi. 
A.Smit kapital jamg`arishga katta ahamiyat berdi, talon-torojlik jamiyat 
dushmani, tejamkorlik jamiyat homiysidir, deb e'lon qildi. Ammo u kapital 
jamg`arilishini ishchilar tomonidan oddiy iste'mol qilish sifatida ifodalaydi, 
qo`shimcha qiymatning kapitallashuvini esa faqat o`zgaruvchi kapitalga 
aylanish deb tushundi. Individual kapital doimiy va o`zgaruvchan qismlarga 
bo`lingan. Ammo u ijtimoiy kapitalni butunlay o`zgaruvchan kapitaldan iborat 
deb xato o`ylagan, ya'ni kapitalning unumli mehnatni ta'minlash uchun 
ketadigan qismiga tenglashtirgan. Smit shunday fikr yuritadi: kapitalistning 
tejamkorligi unumli xizmatchilarni ta'minlash uchun mo`ljallangan fondni 
ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida xizmatchilar sonini oshiradi, ular o`z 
mehnati bilan yaratgan tovarlar qiymatini oshiradi, undan so`ng qo`shimcha 
mehnat harakatga keladi, oqibatda yillik mahsulotga qo`shimcha qiymat 
qo`shiladi. 
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi 
uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining 
tarkibiy qismlari to`g`risida xato ta'limot yaratdi. Olimlar buni "Smit dogmasi" 
deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, 
foyda va renta yig`indisiga teng, ya'ni daromadlar summasidir. Ishlab chiqarish 
jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalari ham 
qo`llanilishini tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish 
vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga 
bo`lish mumkin, deb o`yladi. Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot 
"qiymati"dan doimiy kapital S ni chiqarib tashlagan. qiymatdan uning tarkibiy 
qismi bo`lgan doimiy kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini 
tahlil qilish imkonini yo`qqa chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot 
go`yo har yili to`la iste'mol qilingan bo`lib chiqadi. O`z-o`zidan ravshanki, 
bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab 
chiqarish mumkin bo`lmay qoladi (doimiy kapital S ko`p yillar ish beradi). 
Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun yo`l qidirib, o`z 
nazariyasiga yalpi va sof daromad o`rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan 
mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo`lsa, sof daromad yalpi 
daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o`z kapitalini 
sarflamay iste'mol zahirasiga qo`yishi mumkin. 
Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan 
hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb o`ylagan (milliy daromad). Lekin 
yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati 
ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy kapitalni ham o`z 


157 
ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to`g`risidagi ta'limotining kamchiligi 
va cheklanganligidan kelib chiqqan. 
Umuman, bu yerda gap kengaytirilgan emas, balki oddiy tarkor ishlab 
chiqarish to`g`risida fikr yuritiladi. 
Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan, abstrakt 
mehnat yangi qiymat hosil qilishini, aniq mehnat esa ishlab chiqarish vositalari 
qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o`tkazishini ko`rsata olmadi. Ijtimoiy 
mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo`qotib qo`ygan Smit kapital 
jamg`arilishini butun qo`shimcha qiymatning qo`shimcha ish haqiga aylanishi 
bilan teng degan xato xulosa chiqardi. U o`ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish 
rivoji bilan ishchilar va ularning iste'moliga talab ham bir xil sur'atda oshadi, 
chunki daromad va shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish bilan parallel o`sadi (bir 
qancha mamlakatlarda shunday bo`lmoqda). 
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni 
asoslashga katta e'tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik 
ta'minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo 
mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo`lishi mumkin 
degan fikri ham bor, ya'ni bu ba'zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi 
zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorining samarasizligini ko`rsatib, 
"hukumat har doim va istisnosiz buyuk isrofgarchidir" deydi. Shu sababli 
davlatning faqat uch funksiyasi tan olinadi: 1) huquq-tartibot; 2)mamlakat 
xavfsizligini ta'minlash; 3)jamiyatga zarur bo`lgan (ammo xususiy sektor 
tomonidan tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni t'minlash. 
Umuman to`g`ri bo`lgan bu fikrlar, ya'ni davlatning iqtisodiyotga 
aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko`rib chiqilmoqda. 
U sex tartib-qoidalari, eskirgan qonunlar, korporatsiyalar va savdo 
monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil 
imkoniyatni yoqladi. Xodisalarning stixiyali borishini va raqobatni har qanday 
cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit davlatning 
ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki tartibini saqlash, 
tashqi harbiy xavf-xatardan asrashni xo`jalik rivojining zaruriy shartlari deb 
hisobladi. 
Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o`z 
asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat budjeti va davlat qarzlariga 
bag`ishlagan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat 
xarajatlarinigina qo`llab-quvvatladi, "arzon davlat" tezisini ilgari surdi. 
Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi. 
Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir 
kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va 
olinish vaqti esa to`lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g`oyalarga to`la 
amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). 


158 
Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya'ni yirik 
yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. Yer 
rentasi davlat solig`i qo`yiladigan eng qulay obyektdir. Smit foydadan 
olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani 
saqlash uchun o`z mahsulotiga yuqori baho qo`yish bilan soliq og`irligini 
iste'molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga 
loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to`laydi, chunki 
tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak. 
Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat 
tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har 
qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta 
zarba bo`ldi. 
Olimlar Smitga baho berib, "ilg`or burjuaziyaning buyuk mafkurachisi" 
degan edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom 
chiqardi. 
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
quyidagi uch omilni ko`rsatib bergan edi: 1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik 
bo`lishi va saqlanishi; 2) me'yordagi yengil soliqlar tizimi; 3) davlat iqtisodiyot 
ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga 
oshaveradi. 
Bu qoidalar bizning mamlakat xo`jaligiga ham bevosita oid fikrlar 
hisoblanadi. 
A.Smitning tadqiqotlari yakunida ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayoni aks ettirilgan, ammo u F.Kenyedan farqli ravishda buni alohida chizma 
- "Iqtisodiy jadval" shaklida bermaydi, lekin uning shaklini og`zaki, so`zma-
so`z ifodalaydi, shunga asoslanib bu sxemani chizib ko`rsatish va ikkalasini 
solishtirish imkoniyati paydo bo`ladi (8.1-chizmaga qarang). Chizmadan shuni 
ko`rish mumkinki, F.Kenyeda oddiy takror ishlab chiqarish jarayoni aks etgan 
bo`lsa, A.Smitda oddiy (xususiy) hol va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonlari mavjud.
A.Smit erkin savdo (ing. "free trade") konsepsiyasini ilgari surdi (Fritre-
derlik). Xalqaro tashqi savdoda qaysi mahsulotlarni chiqarish (eksport) va 
keltirish (import) masalasi qo`yiladi. Agar biror bir davlat bizni biz ishlab 
chiqara oladiganga qaraganda nisbatan arzonroq tovar bilan ta'minlay olsa, uni 
sotib olish ancha qulayroqdir, uning o`rniga ba'zi sohalardagi afzallikka ega 
bo`lgan tovarni chiqarish yaxshi natija beradi. Bu holat A.Smitning mutlaq 
afzallik tamoyili asosida yotadi. Bunda tabiiy sharoit, iqlim, yer-suv, qazilma 
boyliklar ko`zda tutiladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling