Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Pul nazariyasi 
Ishchi kapitalning ilojsiz qo`shimchasiga aylanib boradi, ish-lab 
chiqarish vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo`la boradi. 
Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va xulq-atvoriga xos 
bo`lib, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta'sir etadi. Bundan keyin, mehnat 


149 
taqsimotining o`sishi va almashuvning kengayishi parallel boradi va ular bir-
birining rivojlanishiga turtki bo`ladi. Bu jarayonda pulning muhim roli bor. 
Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni 
natijasida ajralishini ko`rsatib beradi. Pulning paydo bo`lishini ayrim iste’dodli 
odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning o`zaro hamkorligiga bog`lash 
mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga 
nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, G’arb olimlarida esa asosan uchta) 
alohida ta'kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo`lib, 
iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni "muomalaning buyuk g`ildiragi" deb 
baholaydi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog`oz pul bilan almashtirish 
maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb 
hisoblagan, ammo bunga uncha katta e'tibor bermagan. A.Smitning qarashlarida 
ancha chalkashliklar bo`lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish 
asosidan chiqardi, ularning ishlab chiqarishga nisbatan tobeligini ko`rsatib 
berdi. A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, 
ularning ishlab chiqarishga teskari ta'sirini tushunmadi.
Qiymat nazariyasi A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga 
nisbatan ancha chuqur va to`laroq ishlab chiqdi (shuni ta'kidlab o`tish kerakki, 
keyingi G’arb tadqiqotlarida qiymat o`rniga qimmat tushunchasi ko`proq 
qo`llanilmoqda, marjinalizm nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va 
tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir 
deb tushunadi. "qiymat" so`zi uningcha ikki xil mazmunga ega. Bu so`z bilan 
buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni boshqa buyumga almashish 
qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste'mol va almashuv qiymatlarini farqlagan. 
Masalan, suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv qiymatini ularning 
foydaliligi yoki iste'mol qiymati bilan tushuntirish bema'ni ekanligini ko`rsatib 
beradi. qiymatning yagona manbayi va oxirgi o`lchovi shu tovarni ishlab 
chiqarish uchun sarflangan mehnat bo`lib, bu mehnat sarflari jami uchun zarur 
o`rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mehnatdan oddiyga 
o`tishga ma'lum koeffitsiyentlar yordamida bajarilishini uqtiradi. 
Almashuv qiymati tovarning tabiiy xususiyati emas, tovarlarning tabiiy 
xususiyati, ularning iste'mol qiymatlari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlarni 
inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat qoladi: tovarlar inson mehnatining 
mahsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki 
kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha 
moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U 
ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to`g`ridan-to`g`ri aloqadorlikni aniqladi, 
mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga urindi. 
A.Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini, ya'ni mavhum va konkret 
mehnat borligini tushunmadi, qiymat o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy xarakterga 


150 
ega, tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi va bir 
tovarning ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi. 
Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab aniqlash 
shu tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlash usuliga 
qarama-qarshi emas. 
Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir xil miqdordagi mehnat 
aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar ishlab chiquvchi bir tovarni 
boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, shu sababli 
tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash 
mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat o`lchovi deb ish vaqti 
o`rniga mehnatning almashuv qiymati keltiriladi. 
Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab 
chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko`chirilgan (bu esa xato), almashuv 
qiymati esa o`z hisobiga faqat ma'lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati 
sifatida izohlagan, xolos. 
A.Smit kapitalist va ishchi o`rtasidagi munosabatni tahlil etib, bunda 
ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko`rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi 
sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini 
to`laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida 
o`zlashtiradi. Olim kapitalizm davrida qiymat qonuni buzilayotir, deb e'lon qildi 
va qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo`lgan sharoitlarda 
qo`llanilishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, qiymat faqat "jamiyatning 
dastlabki holatida", kapitalist va yollanma ishchilar bo`lmagan, ya'ni oddiy 
tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik 
to`la mavjud). 
Ma'lumki, oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar mehnat mahsulotini 
sotadilar va sotib oladilar, ishchi kuchi u yerda tovar emas. Tushunarliki, u 
sharoitda begona mehnat faqat mehnatning moddiylashgan shaklida "sotib 
olinadi". Kapitalizmda esa ishchilar ishchi kuchini tovar sifatida, sotuvchilar 
sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish vositalari egasi sifatida bu tovarni sotib 
oluvchilar sifatida ish yuritadilar, oqibatda jonli va moddiylashgan mehnat 
o`rtasida doimiy almashuv ro`y beradi. A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani 
bilmagan, u ishchi o`z mehnatini sotadi deb o`ylagan. Shu sababli u 
kapitalizmda haq to`lanmagan mehnatning o`zlashtirilishini qiymatning mehnat 
nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan. 
A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U 
aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning, xuddi shuningdek 
har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbayidir. Demak, Smit 
kapitalizmga xos yana bir qiymat - daromad nazariyasini o`ylab topdi, bu yerda 
daromad ish haqi darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi. qiymatni daromadlar 
asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-


151 
qarshidir. Bu g`ayriilmiy konsepsiya boshqa siyosiy iqtisod namoyandalari 
tomonidan keng foydalaniladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling