Iqtisodiy ta'limotlar


A. Smitning iqtisodiy g`oyalari. Uning


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

8.2. A. Smitning iqtisodiy g`oyalari. Uning 
"Xalqlar boyligi..." asaridagi iqtisodiy qarashlar 
 
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning 
Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida 
dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida 
ta'lim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari 
bilan birga fizika va matematikani ham o`rgandi. 
A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar 
o`qiy boshladi. Glazgo universitetining professori 
lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar 
kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan 
leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga 
bag`ishlangan o`zining birinchi "Axloqiy hissiyot 
nazariyasi" 
kitobini 
yaratdi. 
Uning 
iqtisodchi 
bo`lishiga Glazgodagi o`ziga xos siyosiy iqtisod 
klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do`st 
bo`lganligi ta'sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir 
ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi bo`lib keldi (gersog Baklyu). O`z 
tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo`ylab sahatga chiqdi, Shveysariyada Volter, 
Fransiyada Didro, fiziokratlar F.Kenye va A.Turgo, D`Alamber, Gelvetsiy, 
Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari 
bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta 
ta'sir qildi. 
U 1766 yilda o`z yurtiga qaytdi va o`zining bosh asari - "Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, bu 
asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari 
yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar 
asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. 
A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, birinchisida qiymat va 
qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital 
jamg`arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi
uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy 
shart-sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta'limotiga 
munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib 
asar A.Smit tirikligidagi davrda to`rt marta, o`limidan so’ng oxirigacha uch 
marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat 
Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu 
asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi. 
1778 yilning boshida Edinburg shaxridagi bojxona kommissari 
lavozimiga tayinlandi va umri oxirigacha shu yerda ishladi. Zamondoshlarining 
A.Smit


145 
eslashicha, A.Smit nihoyatda xushmuomalali inson bo`lgan, ammo shu bilan 
birga afsonoviy parishonxotir ham ekan. 
O`sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feodalizm 
qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo`ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni 
bozor iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi. 
A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat 
orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda 
"iqtisodiy odam" tushunchasi keyinroq paydo bo`lishiga qaramasdan, uning 
kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. 
A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini 
oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. qanday 
shartsharoitlar va qanday qilib va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy 
turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g`oyasini aks 
ettiradi. Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy ne'matlar 
yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga 
keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq 
xo`jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka 
kapital qo`yish yaxshiroq samara beradi deb o`qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi 
bilan sanoat tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxi esa 
o`sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish 
mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). 
Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga
ya'ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga asoslanadi. 
Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy 
xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga 
asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, 
odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim 
shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. 
Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda ko`p 
boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan uning niyatida ham 
bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi... 
Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko`ra ko`proq 
haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. "Ko`rinmas qo`l" - bu 
obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning 
xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir 
odam ko`proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga 
joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining 
shaxsiy manfaatini ko`zlaydi. Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan 
paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, 


146 
odam jamiyat uchun ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish 
bilan shug`ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo`yicha, foyda ketidan 
quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz 
Sovet hokimiyati davrida uzoq yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib 
keldik). 
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum bo`lgan "ko`rinmas qo`l" 
iborasi bilan birga "iqtisodiy odam" tushunchasi ham kiritildi. Unga ko`ra , 
shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. "Menga 
kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan narsani beraman", 
qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo`li tutiladi, ya'ni gap 
kimningdir sahiyligida emas. 
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning 
o`zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb 
atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy 
siyosatning tamoyili va maqsadi bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy 
harakatni o`rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, 
jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, 
degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra quyidagilar taklif etiladi: 
1.Ishchi kuchining erkin harakati; 
2.Savdoda (yr savdosida ham) to`la erkinlik; 
3.Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qilishga 
qat'iy qarshilik; 
4.Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi). 
Olimning bu g`oyalari keyinchalik to`la amalga oshdi. 
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, 
shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo`jalik 
namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb 
izohlaydi (bu fikrning qanchalik to`g`riligini tarix ko`rsatadi). A.Smitning 
tushunchasi bo`yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning 
xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv qonunlarga bo`ysunadi. Bu qonunlar 
tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo`jalikning "tabiiy" qonunlarini 
ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi. 
A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo`lsa shunday holda, 
bevosita kuzatuvchiga qanday ko`rinsa shunday o`rganish bilan cheklanmasdan, 
"tabiiy baho", "tabiiy norma", ish haqi va boshqalarning nimaga bog`liq 
ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun u mantiqiy abstraksiya yordamiga 
tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik 
xo`jalikning ayrim xususiyatlari to`g`risida qator muhim xulosalar chiqardi. 
Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o`z 
oldiga maqsad qilib qo`ydi. U shu maqsadda shundokkina ko`rinib turgan 
kapitalistik xo`jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi. 


147 
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib, qator chuqur ilmiy xulosalarga 
keldi, xodisalarning ichki bog`lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel 
ravishda u boshqa yo`ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to`g`risidagi bevosita 
kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - 
ekzoterik usullar deb ataladi. 
N.G.Chernishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. Ikkala 
metodni bir vaqtda qo`llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: 
olingan natijalarni bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy 
tahlil asosida olingan xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga 
qo`yiladi. Mazmun va xodisa shakllari doim ham o`zaro mos kelavermaganidan 
bu xulosalar ba'zida bir-biriga zid ham bo`lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha 
tushunib yetmadi. 
Mehnat taqsimoti va pul to`g`risidagi ta'limot.
Bevosita masalaga o`tishdan avval bir narsaga diqqatni jalb etish 
kerakki, bu A.Smit yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga katta 
ta'sir ko`rsatdi. Bu davr Angliyada manufaktura nihoyatda rivojlangan va sanoat 
inqilobi arafasidagi yoki bu boradagi dastlabki qadamlar qo`yilgan payt edi. 
Shu sababli A.Smit manufaktura davrining umumlashtiruvchi iqtisodchisi 
mafkurachisi bo`lib qoldi. O`z davri uchun mos ravishda u manufakturani 
ishlab chiqarishning eng progressiv, eng ilg`or shakli deb baholadi, uning 
tarixan o`tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning ta'siridir. A.Smit 
ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining turli sinf vakillari ekanligini yaxshi 
tushungan va iqtisodiy rivojlanishning umuman yaxshi oqibatlari hamma uchun 
tegishli, xalq boyligining ortishidan esa jamiyatning hamma a'zolari bir xil 
manfaatdor deb o`ylagan edi. O`z davrida tanqid qilingan bu g`oya hozirgi 
paytda haqiqatga ancha yaqindir (yana tarix ko`rsatadi). 
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki, unga 
ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo`ladi 
(merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab 
vakillari mehnat faqat qishloq xo`jaligidagina samarali bo`ladi, desalar, A.Smit 
mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish 
sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig 
manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili 
mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o`z tadqiqotlarining 
boshlang`ich punkti deb qabul qildi. 
A.Smit o`z tadqiqotida ninatugnogich manufakturasidagi ko`pchilikka 
ma'lum bo`lgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u yerdagi ishchilarning 
ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini 
ko`p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti bo`lmagan holatda har bir 
ishchi o`rtacha 20 ta to`g`nog`ich yasashi mumkin ekan. O`n kishi ishlaydigan 
ustaxonada mehnat taqsimoti o`rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to`g`rilaydi, 3-


148 
si kesadi, 4-si uchini o`tkirlaydi va hokazo. Bu kuniga 4800 ta to`g`nog`ich 
yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat 
taqsimotining ahamiyati to`g`risidagi bu misol klassik bo`lib ketgan va hamma 
yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi: 
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va mohirligi 
oshadi; 
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o`tish uchun ketadigan vaqt iqtisod 
qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik 
moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi); 
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi, ya'ni 
takrorlanadigan jarayonlar mashina qo`llashga qulaylik yaratadi. Undan 
tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati 
ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi. 
Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina 
sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to`g`ri yoritgan. Uningcha ishlab 
chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan 
shug`ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. 
Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo`lib, u mehnat taqsimoti bilan 
bevosita bog`liqdir. 
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir 
xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va 
nodon bo`lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi farq 
odamlarning tabiiy ko`rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning 
hayoti va faoliyati oqibatidadir. Faylasuf aravakashdan tug`ma xususiyatlari 
bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat 
taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo`lsa, mehnat taqsimoti, 
ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo`ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar 
cheklangan bo`ladi va mehnat unumdorligining o`sishi ham qiyinlashadi. 
A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan 
jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o`rtasida prinsipial farq 
yo`q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura bo`lib, mehnat 
taqsimoti esa odamlar hamkorligining umumiy shaklidir. Shu bilan birga 
obyektiv sharoitni hisobga olib, manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina 
rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling