Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
Asosiy tushuncha va iboralar
Neoklassika; A. Marshall; "Ekonomiks"; baho, talab, taklif; talab elastikligi; "Marshall xochi"; "iste'mol ortiqchaligi"; "reprezentativ firma"; J.B.Klark; "chegaraviy naflik"; "eng yuqori unumdorlik"; statika va dinamika; V.Pareto; "befarqlik egri chiziqlari"; "Pareto optimumi". Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. A.Marshall bo`yicha bozor bahosi nima? 2. Baho, talab va taklif o`rtasidagi bog`lanish qanday? 3. Taklif elastikligi deganda nima tushuniladi? 4. "Marshall hochi"ning mazmunini izohlab bering? 5. Ishlab chiqarish hajmlari o`sishi va nisbiy ishlab chiqarish xa- rajatlari o`rtasidagi bog`lanish nima? 6. Doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarni izohlang. 7. J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to`g`risidagi g`oyalari nimani anglatadi? 8. "Eng yuqori unumdorlik qonuni"ning asosiy xususiyatlari. 9. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohiyati nimadan iborat? 10. Naflikni maksimum qilish uchun nima asos qilib olingan? 11. V.Paretoning "befarqlik egri chiziqlari" nimani bildiradi? 12. Pareto optimumini izohlang. Bir kun urush bo`lgan yerdan, qirq kun baraka ko`tariladi. Maqol. 306 16-BOB. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH KONSEPSIYALARI. IQTISODIY TA'LIMOTLARDAGI INSTITUTSIONAL YO`NALISH 16.1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo`lib o`tgan aniq ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyo- ti keskin o`zgardi, ilgari ilg`or bo`lgan davlatlar 2-o`rinlarga (Angliya, Fransiya), nisbatan qoloq bo`lgan davlatlar esa 1-o`rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko`pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o`tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo`llash g`oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro`y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo`llaydilar. Antitrest siyosati yo`li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat- ning turlicha metod (usul)lari Kullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud. Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo`nalishi AQSHda XX asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan "Bekorchi sinflar nazariyasi" asari bilan bog`liq). Bu yo`nalish nomi lotincha "insti- tuto" - urf-odat, ko`rsatma, muassasa so`zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o`tishi bilan bog`liq ravishda ro`y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bi- lan izohlash mumkin bo`lmay qoldi. Bu ta'limot yo`nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha tagida ijtimoiy xodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, ka- saba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya'ni jamoat ruhining namoyon bo`lishi, yurish-turish va o`ylash usulini xalqning ma'lum guruhlari uchun odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va boshqa ko`rinishlarini o`z ichiga oladi. Bu yo`nalish mafkurachilarining fikricha, iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, sav- do va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo`lishi shaklidir. Demak, ular 307 obyektiv iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to`la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolutsiyasini tahlil etadilar. Institutsionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo`nalishga muxolifd- ir. Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o`zini-o`zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog`liqdir deb o`ylaydilar. Demak, bu yangi yo`nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy- iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suri- ladi. Shu bilan birga, tadqiqot obyektlari, ya'ni institutlar birinchi yoki ikkinchi darajali deb Karalmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo`yilmaydi. Bu yo`nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germani- yada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o`xshashlik bor. Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy mak- tab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to`la yakdillik yo`q. Yangi yo`nalish neoklassiklarning marjinalizm g`oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo`llaydilar. Institutsionalizmga xos bo`lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir: 1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik; 2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch; 3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyan- ish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga chorlash. Bu yo`nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolutsiyasining ma'lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik materiallar jam- langan. Bu olimlar jamiyat a'zolari uchun xos bo`lgan urf-odat, an'ana, odob-ahloq, instinktlarni o`rganish bilan shug`ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qayd etish uslubi ortiqroqdir. Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish mumkin: 1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862- 1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar. 308 2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachi- lari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan "Yangi kurs" islohotlarini amalga oshirish bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark "Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi", A.Berli "Mulksiz hokimiyat" va "XX asr kapital- istik inqilobi" kitoblarini chop etdilar, G.Minz o`zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish ja- rayonini qayd etdi. 3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo`nalish, ya'ni neoinstitut- sionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsiona-lizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo`nalish ta'limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan. Bu yo`nalish g`oyalari "iqtisodiy o`sish omillari nazariyasi"ning mafkurachisi U.Rostou, so`l keynschilik yo`nalish (o`sish nazariyasi) tarafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o`z aksini topgan. Amerikalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tushunchasiga ega emaslar. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayon- larni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog`langan deb hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - antropologiya va matematik hisob-kitoblarni ustun qo`yadi. Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayon- larni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilan bog`lamoqdalar, shuningdek bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-institutsional yo`nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi. Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy: 1. Ijtimoiy-psixologik; 2. Ijtimoiy-huquqiy; 3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Le- kin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua jamiyatini axloqiy- psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlangandirlar. 309 Bu yo`nalish g`oyalariga baho berib, g`arb iqtisodchilari institut- sionalizmni "Formalizmga qarshi g`alayon" deb qaramoqdalar, uni klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo`ymoqdalar. Bu yo`nalishning paydo bo`lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin o`zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo`q edi. Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning "norozilik kayfiyati" "eng yuqori naf nazariyasi"ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mikroiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy tahlilni amalga oshiradi. "Yuqori naf" vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy subyekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlashsa, institutsionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa "psixologiyasi"ni birinchi o`ringa qo`yadilar. Ular "yuqori naf" nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixiyali rivoji o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo`llashni afzal ko`rdilar. Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy hayotning ba'zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`rganishni asos qilib oldi, ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab-quvvatladi. Ularning g`oyalarida "Ijtimoiy nazorat"ni himoya qilish orqali yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim deb ko`rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi dolzarb qilib qo`yildi. Ular "erkin sohibkorlik" va marjinaliz- mga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Endi shu yo`nalish tarafdorlarining ayrim g`oyalari bilan tanishib chiqamiz. Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Veb- len va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yon- dashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga in- tildilar. Veblenning asosiy asarlari "Bekorchi sinflar nazariyasi" (1899), "Mohirlik instinkti" (1914), "Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o`rni va boshqa ocherklar" (1919), "Muhandislar va baho tizimi" (1921) va "Zamo- naviy o`zgaruvchi tizimlar to`g`risidagi ocherklar" (1934) kitoblarida jam- langan. U keng sotsiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo`lgan jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo`nalishni eslang). Xususiy 310 mulkning tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tash- vishga soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rantye (absenteistik mulk) borligi tufayli aholining ma'lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. Shu tufayli kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi buzilib boradi, ayniydi. Veblen marksist bo`lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktabr inqilobini qutlag- an, uni mavjud tuzumni o`zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o`ylagan. Amalda esa u kapitalizmni "texnokratik" jamiyatda islohotlar yo`li bilan "yaxshilash" usulini taklif etadi. Bu g`oyalar marksizmga zid fikrlardir. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling