Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

16.3. Jon R.Kommons qarashlari 
Kommons ijtimoiy-huquqiy institutsionalizm yo`nalishining asosiy 
vakili hisoblanadi. Uning asosiy g`oyalari amerika tredyunionizm maf-
kurasini ifodalaydi. Uning ta'limoti jamoat institutlari faoliyatini (oila, ish-
lab chiqarish korporatsiyasi, savdo birlashmalari, tredyunionlar, davlat va 
yuridik huquqiy munosabatlar) tadqiq etish bilan bog`liq. 
U mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, biznes 
tizimini shunchalik samarali qilish kerakki, u o`zini o`zi saqlashga qodir 
bo`lsin, deydi u. Kommonsning asosiy g`oyalari "Kapitalizmning huquqiy 
asoslari" (1924), "Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi 
o`rni" (1934), "Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi" (1950) asarlarida 
o`z aksini topgan. 
Olimning iqtisodiy qarashlari iqtisodiyotda yuqori naf nazariyasi va 
yuridik konsepsiyalar to`g`risidagi qoidalarning o`zaro qorishmasidan ibo-
rat. Ishlab chiqarishni bir chekkaga surib, kapitalizmning mohiyati bozor 
munosabatlari bilan almashtiriladi, hozirgi sharoitda bu munosabatlar "odil 
bo`lmagan raqobat"ga olib kelmoqda. Kapitalizmning bu illatini 
to`g`rilash, almashuv munosabatlari odil bo`lishini ta'minlash, raqobat xa-
vfini yo`qotish uchun davlat yuridik-qonuniy organlari vositasida hal etish 
mumkin, degan g`oya ilgari suriladi. 
Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini inkor etadi. marksiz-
mning sinfiy kurash nazariyasiga "sotsial nizo" (konflikt) ta'limotini qarshi 
qo`yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas. Mutaxassislar bir-
birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari kerak. Paydo bo`ladigan 
nizolar esa jamiyat evolutsiyasini harakatga keltiruvchi omildir. Nizolarni 
yechish jarayoni sotsial taraqqiyotga yordam berishi zarur. 
Kommons nazariyasi kapitalizmni ba'zi islohotlar yo`li bilan 
yaxshilash usulini taklif etadi. Bu esa huquqiy, yuridik me'yorlarni 
takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o`rtasidagi 
munosabat jamiyatning teng huquqli a'zolari orasidagi yuridik bitim - 
kelishuv hisoblanadi, chunki ular ma'lum qonun-qoidalar asosida tuziladi. 
Bu kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim institutlari: oila, 
tadbirkorlar ittifoqi va hatto davlatning o`zi ham bo`lishi mumkin. 
"Kelishuv" uch momentni o`z ichiga oladi: nizo, o`zaro ta'sir, yechim. 
Yuridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik, 
barcha konfliktlar o`z yechimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy 
qarama-qarshiliklar 
kuchayishi 
konfliktlarni 
yuridik 
hal 
qilish 
mexanizmining kamchiliklari bilan belgilanadi. Iqtisodiy kategoriyalar shu 


313 
kategoriyalarga oid yuridik munosabatlar shaklida namoyon bo`ladi. 
Kommons mulk shakllarini iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, 
ammo "Mulk tituli"ni yuridik shakl sifatida ko`radi. U mulkni uch 
ko`rinishga ajratadi: moddiy, nomoddiy (qarzlar va qarz majburiyatlari) va 
ko`rinmas (qimmatbaho qog`ozlar). Ko`rinmas mulk ko`pincha "mulk tituli 
bilan kelishuv" mazmuni bo`lib amalga oshadi. Shu sababli, Kommons 
tadqiqotlarining asosini qimmatbaho qog`ozlar - aksiya, obligatsiya va 
boshqalarni sotish operatsiyalari tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, bu 
olimning g`oyalarida birinchi o`rinda ishlab chiqarish emas, balki 
muomala sohasi turadi. Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta) 
kapital olinadi, bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi.
U jamoat fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan 
chiqarishni amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. 
Iqtisodiy islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-
qarshilik va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma'muriy kapitalizm 
bosqichiga o`tiladi. 
Yuqorida keltirilgan T.Veblen va J.Kommonslarning g`oyalari 
amalda, 1929-1933 yy.dagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH prezidentining 
"yangi kurs" siyosatida amaliy tasdig`ini topdi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling