Iqtisodiy ta'limotlar


Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

16.5. Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi 
 
Yuqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi 
ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dol-
zarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veb-
len kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu 
yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi 


316 
zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda mu-
him o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli 
jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning kon-
fliktlarsiz evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superin-
dustrial yoki "neoindustrial", informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. 
Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergensiya 
nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin - 
AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya). 
"Industrial", "postindustrial" jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va 
kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi "konvergensiya" nazariya-
lari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida 
berilgan) V.Zombart "Hozirgi zamon kapitalizmi" asarida pluralizm, ya'ni 
turli sotsial tizimlarni - kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab 
chiqaruvchilarni yagona plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini ay-
tgan edi. 
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to`laroq 
ifodasini top-gan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan 
umumiy o`zgarishlar qayd etiladi (rejalashtirishdan 
foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi farqlarn-
ing yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish, fan va 
ta'limning mehnat taqsimoti o`sishida asosiy omil ekan-
ligi va boshqalar). Asta-sekin kapitalizmning "yomon" 
tomonlari sotsializmning "yaxshi" xususiyatlari bilan 
chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, "kapitalizm trans-
formatsiyasi" ro`y berishi bashorat qilinadi. 
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: 
"Mo`l-ko`lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1967), "Iqti-
sodiy nazariyalar va jamiyat maqsadlari" (1973), "Pullar" (1975), 
"Ishonchsizlik asri" (1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va 
intervyulari ham bor. 
Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog 
Tofflerning "Uchinchi to`lqin" kitobida bayon etiladi. Unda "yangi 
sivilizatsiya" davri vujudga keladi, deyilgan. 
Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo 
bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan 
chekiniladi va asosiy e'tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. 
Shunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi 
(Jeyms Bukenen - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu 
qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling