Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
J.K.Gelbreyt
317 o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda. Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb e'lon qilinadi. Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta'minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z o`rnini egallaydi. XULOSA Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim o`rinni egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha klassik maktabga muxolif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, monopoliya, urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi, noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy maktabi qoidalari keng qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q. Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi, bular ijtimoiy-psixologik (texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik, J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim), iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning o`zgarishi, siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash, keyingi taraqqiyot bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish qonun-qoidalari hayotda o`z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas. Masalan, AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo amalda "Buyuk depressiya" boshlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling